iPad’ da to‘laqonli Photoshop: sotuvga chiqish muddati oshkor bo‘ldi

  •   Saroy
  •  772
  •  14.07.2018 11:51

iPad’ da to‘laqonli Photoshop: sotuvga chiqish muddati oshkor bo‘ldi

Fotografiyani qayta ishlash uchun Adobe mobil ilovasidagi jihozlar to‘plami kompyuterdagi  Photoshop imkoniyatlari bilan aslo tenglasha olmaydi, ammo yaqin orada hammasi o‘zgaradi. Kelasi yili kompaniya iPad uchun anchayin ilg‘or muharrirni namoyish etmoqchi, va bu hali hammasi emas. Barchasi endi boshlanyapti.

Bloomberg manbalarida ta’kidlanishicha, Adobe’ning yangi strategiyasi barcha qurilmalar uchun to‘g‘ri keladigan universal yechim yaratishga qaratilgan. Interfeys iOS-versiyasi  sensor ekranli gadjetlar uchun moslashtiriladi va bu faqat desktopli fotomuharrir portidan iborat emas. Apple Pencil ham bo‘lishiga shubha qilmasak ham bo‘ladi. iPad’da to‘laqonli Photoshop funksiyasi har doim qo‘lingizda bo‘ladi. Professionallar yo‘l-yo‘lakay ham ishlab ketaverishi mumkin. Darvoqe, dasturchilar oddiy foydalanuvchilar orasida ham haqiqiy muxlislar safi kengayishidan umid qilmoqda.

O‘QING:Dizayner uchun rang tanlash bo‘yicha maslahat

Adobe vakillari  krossplatformali versiyadagi  Photoshop’ni hamda boshqa Creative Cloud ilovasini ishlab chiqarayotganini tasdiqlashdi, ammo qachon chiqishi haqida ma’lum qilishmadi. Oktyabrda bo‘lib o‘tadigan MAX  konferensiyasida hammasi ayon bo‘lsa kerak.

iPad’da yangi Photoshop relizi 2019 yilga rejalashtirilgan. Android-versiyasi haqida ma’lumot yo‘q. Ehtimol, u keyinroq paydo bo‘lar. Insayderlar ham mobil Illustrator tayyorlanayotgani haqda eslatishgandi.

Kutilishicha, desktopli krossplatformadagi «fotoshop» klassik versiyadagi dastur o‘rnini darhol egallamaydi. Hammasi navbati bilan va albatta vaqti kelganda amalga oshiriladi.

O‘QING:Truepic – fotosuratning haqiqiyligini tasdiqlab beruvchi «notarius» ilova

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!