iPad mini (2021)'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

iPad mini (2021)'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Eng kichik Apple planshetiga eng katta o‘zgarishlar kiritildi. Katta displey, A15 Bionic chipi, 5G tarmog‘i, yangi kameralar, yangi USB-C porti hamda Touch ID shular jumlasidan.

O‘QING: iPhone 13'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Oxirgi iPad mini'ning taqdim etilganiga ikki yarim yil, birinchisini taqdim etilganiga esa to‘qqiz yil bo‘ldi. Shundan beri iPad mini'ning displey hamda korpus hajmi birinchi marta o‘zgardi. Yangi iPhone hamda iPad Pro‘larning dizayniga esa negadir katta o‘zgarishlar kiritilmayapti.

Displey forma faktori 3:2 bo‘lib, uning umumiy hajmi 8.3 dyuymni tashkil qiladi. Liquid Retina displeyi esa yorqin ranglar xilma xilligini bera oladi.

Yangi planshet iPhone 13 seriyasiga o‘rnatilgan A15 Bionic chipi bilan jihozlangan. Avvalgi modelda A12 Bionic chipi bo‘lganligini hisobga olsak, bu juda katta o‘sish. iPad mini hozirda eng kuchli planshetlardan biri hisoblanadi.

Qurilmaga yangi kameralar o‘rnatilgan. Old panelda 12MP f/2.4 ultrakeng kamera joylashgan bo‘lsa, orqa panelda 12MP kamera bo‘lib, u Smart HDR3 funksiyasi hamda 4K 60 kadr/sekund video formatini qo‘llab-quvvatlaydi.

Yangi iPad mini'da, shuningdek, stereo ovoz, 20 vatt quvvatlash texnologiyasi, yon tomonda joylashgan Touch ID sensori mavjud.

Planshet USB-C portiga o‘tgani juda yaxshi xabar, chunki Lightning porti ancha eskirdi. Biroq qurilmadan 3.5 mm audio jekning olib tashlanishi kutilmagan qaror bo‘ldi.

iPad mini, bundan tashqari, ikkinchi avlod Apple stilusini qo‘llab-quvvatlaydi. Stilusni qurilmaning yon tomoniga o‘rnatib quvvatlash imkoniyati yaratilgan. Lekin bu stilus juda qimmat bo‘lib, uning narxi 129 dollarni tashkil qiladi. Qurilmaning o‘zi esa hozirda 499 dollar narxda sotilmoqda.

Apple iPad mini (2021)'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 195.4x134.8x6.3mm, 293g; old panel shisha, orqa panel alyuminiy, alyuminiyrom.

> Displey: 8.30 dyuymli Liquid Retina IPS LCD displeyi, 500 nits yorqinlik, 1488x2266 piksel rezolyutsiya, 13.71:9 forma faktori, 327ppi zichlik.

> Chipset: Apple A15 Bionic (5 nm): Olti yadroli (2x2.93 GHz + 4xX.X GHz); Apple GPU (5-core).

> Xotira: 4/64GB, 4/256GB.

> OT/Dasturiy ta’minot: iPadOS 15.

> Kamera: 12MP, f/1.8, (keng), AF.

> Selfi kamera: 12 MP, f/2.4, 122˚ (ultrakeng).

> Video yozuv: Asosiy kamera: 4K@24/25/30/60 kadr/sek, 1080p@25/30/60/120/240 kadr/sek; gyro-EIS; Selfi kamera: 1080p@25/30/60 kadr/sek, gyro-EIS.

> Akkumulyator: 5,078 mAs, 20 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyati.

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda), Siri ovozli boshqaruv yordamchisi.

HDR funksiyasi mavjud bo‘lmasa ham, iPad mini'ni ajoyib planshet deyish mumkin. Qurilma displeyi yuqori aniqlikdagi ranglar uyg‘unligini taqdim etadi. Biroq HDR10 yoki Dolby Vision funksiyalari bo‘lganda bundanda yaxshiroq bo‘lar edi.

Qadoq tarkibi

Oltinchi avlod iPad mini plansheti oq qutida sotiladi. Qutidan planshet bilan birga USB-C kabeli hamda 20 vattlik quvvatlash adapteri o‘rin olgan.

Foto: GSMArena

Albatta, quvvatlash adapterining qadoq tarkibida bo‘lishi quvonarli holat, chunki mana ikkinchi yildirki, Apple kompaniyasi iPhone'larni quvvatlash adapterisiz sotmoqda.

O‘QING: iPhone SE 3 haqidagi ilk ma’lumot ko‘pchilikning hafsalasini pir qildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!