iPad va Microsoft Surface’ga qarshi Samsung sirli planshet tayyorlamoqda

  •   DiMaX
  •  693
  •  19.05.2018 08:59

iPad va Microsoft Surface’ga qarshi Samsung sirli planshet tayyorlamoqda

Janubiy koreyalik texnogigantning saytida SM-T583 model raqamiga ega yangi planshet haqida qayd paydo bo‘ldi. Shuningdek, Wi-Fi Alliance hamda Bluetooth SIG tashkilotlari ma’lumotlar bazasida ham ayni shu qurilma xususida yozuvlar topildi.

O‘QING: Samsung Galaxy Tab S4’ning texnik xususiyatlari fosh bo‘ldi

Ushbu qurilma haqidagi ma’lumotlar, afsuski, judayam kam. Xabarlarda ta’kidlanishicha, bu gadjet bozorga Galaxy Tab Advanced 2 nomi ostida taqdim etishlari mumkin. Aftidan, u o‘rta narx toifasiga mansub planshet bo‘ladi. Shuningdek, Galaxy Tab Advanced 2 modeli asosiy raqiblarning Microsoft Surface va Apple iPad planshetlari bilan raqobatlashish uchun chiqarilishi taxmin qilinayotir.

Ushbu mini-kompyuter ikki diapazonli (2,4 / 5 GGs) Wi-Fi adapteriga ega bo‘lib, IEEE 802.11ac standartini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, u Bluetooth 4.2 kontrolleriga ham ega bo‘ladi va Android 8.0 Oreo operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlaydi.

Galaxy Tab Advanced 2 plansheti yaqin oylar ichida taqdim etilishi mumkin, biroq uning narxi ham hozircha noma’lum. Samsung’ning bozorga chiqarilgan aksariyat planshet va smartfonlari esa O‘zbekistonda ham sotilmoqda.

O‘QING: Samsung smartfonlari narxlari – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriladi (2018 yil 7 may)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!