iPhone 13 seriyasi smartfonlarining taxminiy taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

iPhone 13 seriyasi smartfonlarining taxminiy taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

Ko‘pchilikning diqqat e’tibori hozirda iPhone 13 seriyasining daqdimot namoyishida bo‘lib turibdi. Xitoydan olingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, taqdimot namoyishi 14 sentyabrda bo‘lib o‘tadi.

iPhone 13 seriyasiga oldindan buyurtmalar berish 17 sentyabrdan, rasmiy sotuvlar jarayoni esa 24 sentyabrdan boshlanadi. iPhone 13 seriyasida iPhone 13 mini, iPhone 13, iPhone 13 Pro va iPhone 13 Pro Max modellari bo‘ladi. Apple to‘rtta model uchun bir vaqtning o‘zida oldindan buyurtmalarni qabul qila boshlaydi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili iPhone 12 mini va iPhone 12 Pro Max taqdimoy sanasidan bir oy o‘tib sotuvga chiqarilgan edi.

DigiTimes ma’lumotlariga ko‘ra, Apple kompaniyasi iPhone 13 smartfonlarining narxlarini oshirmoqchi. Bunga TSMC chiplarni ishlab chiqarishda xarajatlarini oshishi hamda ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan ko‘plab materiallar narxining oshishi sabab bo‘lgan.

O‘QING: Apple iPhone narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, avgust)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.