iPhone 6s kamerasi yetakchilikni Android-flagmanlarga bo‘shatib berdi

iPhone 6s kamerasi yetakchilikni Android-flagmanlarga bo‘shatib berdi

Bugungi kunda iPhone ommabop smartfonlardan biri sifatida o‘zining kamerasi bilan ham ko‘pchilik foydalanuvchilar mehrini qozongan. Biroq yangi ishlab chiqarilgan iPhone 6s kamerasi ekspertlar reytingida nafaqat Android boshqaruvchidagi uskunalar, balki avvalgi iPhone 6 va 6 Plus`dan ham ortda qolmoqda.айфон1

Xususan, DxO Mark mutaxassislari iPhone 6s kamerasini sinovdan o‘tkazib ko‘rib, Apple amalga oshirgan ishlar natijasidan qoniqish hosil qilishmadi — smartfon bu borada reyting yetakchisi Xperia Z5 flagmanidan sezilarli darajada ortda qoldi. Ekspertlar 2015 yilda ishlab chiqilgan barcha smartfonlarni tekshirib ko‘rar ekan, uni Samsung Galaxy Note 4 dan ham keyingi o‘rinda qayd etishdi. Yakuniy baholar iPhone 6s va iPhone 6 uchun qariyb bir xil bo‘ldi.айфон2

Ekspertlarning ta’kidlashicha, smartfon kamerasi barcha tajriba sharoitlarida o‘zining yuqori tezligi, avtofokusining aniqligi bilan ajralib turgan, kerakli darajada yoritilgan sharoitlarda oq rang balansi yaxshi saqlangan. Biroq eng asosiy kamchilik sifatida DxO Mark yaxshi yoritilmagan sharoitlarda u darajada tiniq rasmga olmasligi, bino ichida ranglarning ko‘lankalanishi, shuningdek, ko‘chada tasvirga olinganida sariq rang miqdori sezilarli ortgani aytib o‘tilgan.

Biroq bular smartfon yomon suratga oladi, degani emas. Shunchaki, mutaxassislar o‘z xulosasida bozorda yaxshi kameraga ega smartfon olishni istaganlar uchun boshqa maqbul mahsulotlar ham bor ekanini eslatib o‘tishdi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.