iPhone 7: bazaviy, Plus va Pro’ning narxi, yangi jihatlari ma’lum qilindi

iPhone 7: bazaviy, Plus va Pro’ning narxi, yangi jihatlari ma’lum qilindi

 

Avval xabar berganimizdek, Amerikaning Apple Inc. korporatsiyasi sentyabr oyida iPhone turkumining navbatdagi uch vakili – iPhone 7, iPhone 7 Plus va iPhone 7 Pro modellarini taqdim etishga kirishib ketgan.

iPhone 7 “aqlli telefoni” 4.7 dyuymli, uning takomillashgan Plus va Pro talqinlarining esa 5.5 dyuymli displeyga ega bo‘lishi kutilmoqda. 3D Touch texnologiyasi joriy etilishi taxmin qilinayotgan displeylar Samsung’ning SuperAMOLED ilg‘or platformasida ishlab chiqarilishi ham mumkin. Shuningdek, 11 iyul kuni insayderlar ma’lum qilgan xabarlarga ko‘ra, unda  Retina Color texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan displeydan foydalanishi ham mumkin. Natijada, rang-tasvir uzatish sifati 25 foizga oshadi.

Shuningdek, yangi “Olma” smartfonlari ekran yorug‘ligini avtomatik sozlash funksiyasiga ega bo‘ladi. Bu funksiya turli sharoitda ekranda tasvirni aniq-tiniq ko‘rishga xizmat qiladi. Buning uchun smartfonlarga tashqi yorug‘likka baho beruvchi 4 ta datchik o‘rnatilgan.

Keyingi ayfonlar Apple’ning A10 protsessoriga, iPhone 7 va uning Pro versiyasi 2 GB tezkor xotiraga, iPhone 7 Plus 4 GB tezkor xotiraga ega bo‘ladi. Ularning chastota tezligi ham oshiriladi.

18 iyul kuni Twitter’ning Xitoycha analogi Weibo’da mazkur qurilmalarning “oilaviy”, ya’ni birgalikda aks etgan surat e’lon qilindi. Unga ko‘ra,  iPhone 7 Pro flagmanining bosh kamerasi qo‘sh kameralarga, shu bilan birga Smart Connector universal portiga ega bo‘ladi.

Smartfonlarda 3,5 mm.li audio quloqchinlarga mo‘ljallangan universal Lightning portidan voz kechilgan.

Kompaniya 2016 yil boshida AirPods nomli tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazgan. Uning Bluetooth yordamida ishlaydigan simsiz audio quloqchinlar tizimi ekani aytilmoqda.

Narx-navo masalasiga kelsak, iPhone 7’ning bazaviy 32 GB doimiy xotiraga ega talqini $789, 64 va 256 GB talqini  $908 va $1058,  iPhone7 Plus flagmanining 32 GB talqini $908, 128 GB va 256 GB talqini $1028, $1117 AQSh dollaridan, iPhone 7 Pro’ning 32 GB talqini esa $1058, 128 GB versiyasi $1179, 256 GB versiyasi $1328 AQSh dollaridan sotilishi haqida norasmiy ma’lumotlar tarqatilgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.