iPhone 7’ga Windows XP o‘rnatildi!

  •   DiMaX
  •  1714
  •  15.03.2017 14:59

iPhone 7’ga Windows XP o‘rnatildi!

Tinib-tinchimagan dasturchilar turli devayslarga begona operatsion tizimlarni o‘rnatib, ishlatish borasida raqobatlashishdan charchashmaydi. Masalan, yaqindagina Hacking Jules nomli YouTube-kanal jamoasi shunaqa bir yangilikka qo‘l urdi – Microsoft ishlab chiqqan Windows XP Professional operatsion tizimining to‘laqonli versiyasini iPhone 7 smartfoniga o‘rnatishdi.

 

iPhone 7’da baquvvat A10 Fusion protsessori va 2 GB tezkor xotira o‘rnatilgan bo‘lishiga qaramasdan, smartfonda Windows XP tizimining ishlash tezligi va samaradorligi ancha past. Gap shundaki, operatsion tizim iBox emulyatori orqali virtual mashina ichida ishga tushirilgan. Uni esa Xcode orqali jeylbreyksiz ham o‘rnatish mumkin.

Shuningdek, buni o‘zi qilib ko‘rishni istaydigan qiziquvchan iPhone 7 sohiblari uchun unga Windows XP o‘rnatishning batafsil yo‘riqnomasini ham taqdim etishgan. Ammo «Terabayt.Uz» sayti eslatib o‘tadi: mazkur ish oqibatida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy natijalar uchun mas’uliyat butunlay o‘z zimmangizdadir.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.