iPhone 7: haqiqat va xayolot

iPhone 7: haqiqat va xayolot

Apple kompaniyasi yangi dizayndagi iPhone 7 va 7 Plus smartfonlarini kelasi yil taqdim etadi. Uning tashqi ko‘rinishi haqida esa hozircha rasmiy aniq ma’lumotlar yo‘q. Biroq dizaynerlar yangi qurilmalarning tashqi ko‘rinishi qanday bo‘lishi mumkinligi haqida o‘z tahminlarini e’lon qildi.

Hi-Tech Mail.Ru bo‘lajak qurilmaning bir necha tahminiy qiziq konseptlarini yig‘di.

iPhone 6s va 6s Plus tashqi ko‘rinishi avvalgilaridan farq qilmaydi:

Dizaynerlarning ishonchi komil-ki, Apple kelasi jamoatchilikni qurilmaning tashqi ko‘rinishi bilan hayratga solishni rejalashtirmoqda.

Martin Xadjek (Martin Hajek)ning tahminicha, iPhone 7 avvalgi avlod smarftonlaridan tubdan farq qilmasa-da, unda ba’zi yangilanish va o‘zgarishlarni kutish mumkin.

Curved jamoasi bo‘lajak iPhone bo‘rtma klaviaturaga ega bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi:

Ba’zi loyihalar futuristik ko‘rinishda bo‘lsa, ayrimlari haqiqatga yaqinroq ishlangan.

Aniqligi bilan shuhrat qozongan Apple, tahlilchilar avvalroq tasdiqlaganidek, ikkita apparat taqdim etadi: biri 4,7 dyuym, ikkinichisi 5,5 dyuymli. Ikkalasi ham Apple A10 protsessori asosida ishlaydi. iPhone 7 Plus — 3 GB, iPhone 7 smartfoni esa 2 GB tezkor xotiraga ega bo‘ladi.

Bu kabi tahminiy fikrlar qanchalik o‘zini oqlaydi yoki yo‘q, kelasi yil oydin bo‘ladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.