iPhone 7’ni oltin va olmoslar bilan sayqallashdi

iPhone 7’ni oltin va olmoslar bilan sayqallashdi

Ouvri fransuz zargarlik uyi Yevropadagi katta butxonalar sharafiga Cathédrales nomli smartfonlar kolleksiyasini taqdim etdi. Mazkur turkumning Saint-Isaac butxonasiga atalgan modelida smartfon orqa panelida ibodatxona devorlaridagi mozaikalar oltin hamda 0,58 karat tosh bosuvchi 30 dona olmoslar yordamida tasvirlangan. Bu turdagi smartfon 12 dona ishlab chiqarilgan.

Shuningdek, kolleksiyadan Notre-Dame de Paris va Westminster talqinlarida ham bezatilgan iPhone 7 smartfonlari o‘rin olgan. Bu kabi bezalgan smartfonlar 5 ming AQSh dollarigacha baholangan.