iPhone 7’ning ilk sifatli suratlari e’lon qilindi 

iPhone 7’ning ilk sifatli suratlari e’lon qilindi 

Taniqli insayder, Apple mahsulotlari bo‘yicha mutaxassis Sonni Dikson o‘zining Twitter tarmog‘idagi sahifasida “Olma” korporatsiyasining hali taqdim etilmagan – iPhone 7 flagmanining yuqori sifatli suratlarini e’lon qildi. Suratlarda bazaviy iPhone 7 va uning takomillashtirilgan talqini – iPhone 7 Pro namoyish etilgan. iPhone 7 Pro’da bosh kamera qo‘sh ob’yektivli.

So‘nggi marotaba mazkur smartfon o‘rin olgan videoda ko‘k rangli iPhone 7 namoyish etilgan bo‘lsa, mazkur suratlarda flagmanning pushti korpusli talqini o‘rin olgan.

скачанные файлы iPhone 7 Pro

Ko‘rib turganimizdek, orqa paneldagi antennani yopib turuvchi plastik chiziq yana ham yuqoriga, tom qismiga  surilgan. Korpusda 3,5 mm audio-konnektor yo‘q. Uning o‘rniga dinamik o‘rnatilgan. iPhone 7 kattaroq hajmdagi kameraga ega bo‘lgan. iPhone 7 Pro 2 ta bosh kamera bilan ta’minlangan.

Ammo bu suratlarda avvalgilaridagi kabi, Smart Connector porti mavjud emas.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!