iPhone 7 orqa tomonida qo‘shkameraga ega bo‘ladi

iPhone 7 orqa tomonida qo‘shkameraga ega bo‘ladi

2016 yilning sentyabr oyida taqdim qilinishi kutilayotgan telefon qurilmasi orqa qismida LinX Imaging kompaniyasining ikkita optik linzali kameralariga ega bo‘ladi. Bu to‘g‘rida KGI Securities marketing va konsalting kompaniyasi tahlilchisi, “eplshunos” mutaxassis sifatida nom chiqargan Min Chi Ko ma’lum qilgan. Apple mobil qurilmalar uchun mini kameralar ishlab chiqaradigan ushbu isroillik kompaniyani bir yil avval 20 million AQSh dollariga sotib olgan edi.

Yangi texnologiya bugungacha iPhone 6 va iPhone 6 Plus, ularning yanada innovatsiyalashgan talqini iPhone 6s qurilmasida tatbiq qilingan. Faqat iPhone Plus va uning 4.7 dyuymli versiyasida suratning optik barqarorligini ta’minlovchi funksiya qo‘llanilgan.

LinX anchadan buyon qo‘sh yoki ko‘p linzali kameralar uchun zarur apparat va dasturiy ta’minot vositalari ustida tajribalar o‘tkazib kelmoqda. Qo‘shkamera texnologiyasi surat fonidagi elementlarning tiniq ko‘rinishi va manzara qa’rini yorqin ranglarda kashf qilinishini ta’minlaydi. Bu texnologiya kelajakda mobil qurilmalarining salohiyatini raqamli bir ob’yektivli linzalar ishlatiladigan fotokameralarniki bilan tenglashtirishi mumkin.

Shuningdek, qo‘shkamera yorug‘lik yetishmovchiligining oldini oladi, suratni keng dinamik diapazonda olish, ranglar uyg‘unligini saqlab qolish, suratga olgandan keyin ham suratning fokusini tanlash kabi qulayliklar yaratadi. Qolaversa, uning yordamida bir vaqtning o‘zida suratni ikki xil optik o‘lchamda surat olish mumkin.

Apple muntazam iPhone qurilmalarini ixcham ko‘rinishda taqdim qilishga odatlangan. Bu kameraga ega qurilma qanchalik ixcham bo‘lishi hozircha noma’lum. Ammo kompaniya telefon apparatining ixchamligiga erishishda fotodiodlar mikrosxemasining bukri shaklini ham qo‘llab ko‘rmoqchi.

2016 yil arafasida Apple kompaniya qurilmalarining fototexnologiyasini  takomillashtirishga oid loyihalarda 800 nafar mutaxassisning faoliyat ko‘rsatayotganini aytgan edi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!