iPhone 7 qanday bo‘ladi?

iPhone 7 qanday bo‘ladi?

Shu kunlarda global tarmoqda Apple kompaniyasining yangi avlod smartfonlari haqidagi gaplar “bolaladi”. Bu safar KGI Securities kompaniyasi xodimi Min-Chi Kuo (Ming-Chi Kuo) o‘zining qimmatli va hech qayerda aytilmagan ma’lumotlari bilan o‘rtoqlashdi, deb yozadi «Mobinfo.uz». Taxlilchi bu ma’lumotlarni mahsulot yetkazib beruvchilardan olganini aytgan.

Shunday qilib, uning ma’lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda “tishlangan olma” ekran o‘lchami 4,7 va 5,5 dyuym bo‘lgan iPhone 7 va iPhone 7 Plus smartfonlarini ishlab chiqaradi. Ular huddi iPhone 6s va iPhone 6s Plus smartfonlariga o‘xshash, biroq displeyning ko‘rsatish imkoniyati oshirilgan bo‘ladi.

iPhone 7 va iPhone 7 Plus apparatlari TSMC tayvan kompaniyasida ishlab chiqariladigan maxsus Apple A10 olti yadroli protsessorida ishlaydi. KGI Securities xodimi iPhone 7 da 2 Gb operativ xotira va iPhone 7 Plus`ga esa 3 Gb tezkor xotira qurilmasi o‘rnatilishini qo‘shimcha qilgan. Bundan tashqari, yangi smartfonlar turli changlardan himoyalovchi korpusga ega bo‘ladi va avtonom rejimdagi ishlash vaqti ham uzayadi.

Shuningdek, mutaxassis iPhone 7 va iPhone 7 Plus qurilmasi avvalgi avlod smartfonlari kabi sentyabr oyida emas, balki undan ham ertaroq jamoatchilikka taqdim etilishini taxmin qilgan.