iPhone 7 tasvir olishda 82 ming dollarlik Arri Alexa bilan bellashdi

iPhone 7 tasvir olishda 82 ming dollarlik Arri Alexa bilan bellashdi

Mobil kameralar kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Ba’zi birovlarning fikricha, hozircha ularga professional kameralar darajasiga yetishlari uchun bor. Biroq, kamerafonni tutgan qo‘llar egasi mohirlikda rejissyordan qolishmasa, smatfon kamerasining chinakam imkoniyatiga guvoh bo‘lish mumkin. Aks holda, jahonning eng qimmat kino-kameralarida ham sifatsiz kadrlar olish haqiqat.

Amerikalik qiziquvchan videobloger bir xil rolikni iPhone 7 kamerasida hamda Gollivudning kinolari tasvirga olinadigan $82 000 dollarlik Arri Alexa kino-kamerasida olib ko‘rdi. Natijalar — kutilmagan.

Bloger e’lon qilgan videoda iPhone 7 hamda Arri Alexa olgan tasvirlar yonma-yon e’lon qilingan. Quyidagi suratlarda ayfon olgan tasvirlarning aksariyatida ranglarning yorqinligiga guvoh bo‘lish mumkin.

Rolik muallifi kameralarda turli sharoit hamda vaziyatda — studiyada, yorug‘lik past sharoitda tasvirga oldi. Professional kameralarning “kushandasi” sifatida e’tirof etilayotgan smartfonlarning kuchli kameralar bilan taqqoslanishining o‘ziyoq mobil texnologiyaning yuksak taraqqiy etayotganidan darak beradi.

«iPhone flagmani olgan tasvir uy sharoitida olingan videoga, Alexa olgan tasvir esa – televizion dasturlarning sifatiga o‘xshaydi. Biroq, diqqatli tomoni shundaki, bu farqlarni ko‘pchilik sezmasligi mumkin», – deydi video muallifi. Uning fikricha, kamera salohiyatidan to‘g‘ri foydalan olish — har qanday sharoitda ham yaxshi tasvir olishning kafolati. Quyidagi videolar misolida bu fikrga guvoh bo‘ling.

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.