iPhone 7dan quloqchin ulagichlari yo‘qolishi rostmi?

iPhone 7dan quloqchin ulagichlari yo‘qolishi rostmi?

Macotakara blogida yozilishiga ko‘ra, iPhone 7ning quloqchin ulagichi (naushnik raz’yomi) yo‘qolishi mumkin. Bunga sabab smartfonning yanada yupqalashganligi bo‘ladi.

Smartfon 1 mmga yupqalashgach, 3,5 mmli audioulagichdan voz kechiladi. Quloqchin va minigarnitura Lightning porti yoki Bluetooth orqali ulanadi. Shu bilan birga smartfonda raqamli-analogli o‘zgartkichga ega Lightning interfeysi bo‘ladi.

Aksessuar ishlab chiqaruvchilar endi Lightingga mos shnurlar ishlatishi lozim. Yoki 3,5 mmli audioulagichni Lightning portiga moslagichdan foydalanishga to‘g‘ri keladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!