iPhone 8 modeli Apple’ning katta xatosi bo‘lishi mumkin

  •   DiMaX
  •  4041
  •  21.09.2017 10:26

iPhone 8 modeli Apple’ning katta xatosi bo‘lishi mumkin

KGI tahlilchilariga ko‘ra, iPhone 8 uchun oldindan buyurtmalar avval taxmin qilinganidan ko‘ra ancha sust ketmoqda. Bu xususda 9to5mac resursi xabar bergan.

Odatda ayfonlarning har bir yangi avlodi chiqqanida, talabgorlar navbati aqlga sig‘mas darajada katta bo‘lardi. Ammo endi avvalgidek, buyurtma berib qo‘yib bir oylab kutishlar, undan ham oldingidek – Apple do‘konlari oldida chodir qurib o‘z navbatini kutib yotishlar umuman o‘tmishda qolib ketdi. Hozirda iPhone 8 uchun buyurtma bersangiz, uni 1–2 hafta ichidayoq qo‘lga kiritishingiz mumkin, deyishmoqda tahlilchilar.

Xullasi kalom, ayfonning sakkizinchi avlod qurilmasining savdosi u qadar gavjum emasligining sababi boshqa tomonda. Ya’ni, bu borada mazkur qurilmaning asosiy raqobatchisi ham begona emas, balki... iPhone X bo‘lib chiqayotir!

Mana, quyidagi ko‘rsatkichlarga bir qarang-da:

KGI hisobotida ko‘rsatilishicha, ular tomonidan xaridorlar orasida so‘rov o‘tkazilgan. Talabgorlarning asosiy qismi «oraliqdagi» iPhone 8 modelini tezda xarid qilish o‘rniga, buyurtma berganidan keyin bir necha oy kutib bo‘lsa ham, birato‘la «yubiley ayfoni»ni olishni ma’qul ko‘rishmoqda.

Nima ham derdik, balki bu – birdaniga uchta modelni taqdim etib, deyarli bir xil vaqtda savdoga qo‘ygan Apple’ning xatosidir?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!