iPhone 8'ning «Rossiyaning boyliklari» turkumi e’lon qilinadi

iPhone 8'ning «Rossiyaning boyliklari» turkumi e’lon qilinadi

Ziynatlangan qimmatbaho iPhone tayyorlab sotishga ixtisoslashgan Rossiyaning Caviar kompaniyasi iPhone 8'ga bag‘ishlab «Rossiyaning boyliklari» ayfon turkumini sotuvga chiqarishini e’lon qildi.

Bu turkumdagi ayfon modellarining korpusi 3 talqinda ishlab chiqariladi. Tesoro Oil modeliga go‘yoki oqib tushayotgan yaltiroq neft xomashyosi bilan bezak berilgan. Qahraboli Amber hamda rus beryozasining haqiqiy yog‘ochi bilan bezatilgan Berezka modellari ham o‘ziga xos uslubda tayyorlangan.

Smartfonlar dizaynidagi yana bir muhim jihati -- tabiiy usulda bezalgan korpus ustiga Rossiya davlat gerbi va madhiyasi o‘rin olgan metall o‘rnatilgan. Kompaniya bu iPhone 8'larni 3.3 ming dollardan sotishni reja qilmoqda.