iPhone 8 ning UAG g‘ilofidagi surati paydo bo‘ldi

iPhone 8 ning UAG g‘ilofidagi surati paydo bo‘ldi

Biz yangi iPhone’ning dizayni taxminan qanday bo‘lishi haqida ma’lum bir tasavvurga ega bo‘lib ulgurdik, faqat barmoq izi skaneri qurilmaning qayerida bo‘lishi haqidagi savol ochiq qolmoqda, xolos.

Evan Blass tomonidan sizdirilgan yangi ma’lumotlar ham barmoq izi skaneri bilan bog‘liq masalaga oydinlik kirita olmagan bo‘lsa-da, iPhone 8 smartfoni UAG kompaniyasi tomonidan tayyorlangan g‘iloflarda qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini namoyish etadi.

Umuman olganda, bu surat ham avval sizdirilgan ma’lumotlar orqali oshkor bo‘lgan narsalarni ko‘rsatgan – katta OLED-displey, old panelda Home tugmasining yo‘qligi, ikki bo‘lingan yuqoridagi status paneli va hokazo. Qurilmaning yuqori qismida yuzni tanish tizimi moduli borligini ilg‘ash mumkin.

Bu UAG kompaniyasining o‘ziga xos “virusli” reklamasi bo‘lishi mumkinligini ham istisno qilib bo‘lmaydi – shirkat shu yo‘l bilan iPhone uchun g‘iloflar ishlab chiqarishini eslatib qo‘ymoqchi bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Biroq, agar bu haqiqiy smartfon surati bo‘lsa, ko‘pchilik bunday qurilmani sotib olish istagini bildirgan bo‘lardi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.