iPhone 8 o‘ta ilg‘or selfi-kameraga ega bo‘ladi

iPhone 8 o‘ta ilg‘or selfi-kameraga ega bo‘ladi

Keyingi ayfon modellari ilg‘or jihatlar bilan boyitilgan selfi kameralarga ega bo‘ladi. Bu kamera atrofni 3D o‘lchamda ko‘rishi, jumladan inson yuzini uch tomonlama o‘lchamda aniqlash funksiyasiga ega bo‘ladi. Bu ma’lumot KGI Securities kompaniyasining “ayfonshunos” tahlilchisi Min Chi Kuo tomonidan aytilgan.

Ekspert so‘zlariga qaraganda, kameradagi 3D-skaner iPhone 8’dagi ba’zi bir o‘yinlarni o‘ynashda interaktivlikni ta’minlaydi. Misol uchun, uning yordamida foydalanuvchining o‘zi o‘yin qahramoni sifatida o‘yinda gavdalanadi. Shu bilan birga, mazkur yangi biometrik texnologiyadan Touch ID barmoq izlari skanerining muqobili sifatida ham foydalanish rejasi mavjud. U endi ko‘zning rangdor pardasini farqlab, foydalanuvchini tizimga kiritish yoki kiritmaslik yuzasidan qaror chiqaradi. Ya’ni, ayfonda zavfsizlik tizimi yanada takomillashadi.

“Yangicha kamera tizimi olisdagi ob’yektlar va smartfon o‘rtasidagi masofani aniqlaydi. Yangi ayfonning kamera datchigi infraqizil nur yordamida ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish vazifasini ham bajaradi. Mazkur kamera modullari Sony tomonidan ishlab chiqariladi”, deb yozadi Kuo.

iPhone 8 uchun Apple tel-avivlik RealFace startapini ham sotib olgan. Uning yordamida smartfon foydalanuvchining yuzini skaner qiladi. Avvalgi haftada tahlilchi Rod Xoll Touch ID texnologiyasidagi barmoq izlari skaneri old sensor panelga o‘rnatiladi. Lazerli 3D-skaneri devaysdagi himoya tizimini va elektron to‘lovlarning xavfsizligini ta’minlaydi.