iPhone 8'ning nega qimmatlashishi oydinlashdi

iPhone 8'ning nega qimmatlashishi oydinlashdi

Foxconn texnologiya kompaniyasi ijrochi direktorlaridan biri Luo Jongsheng (Luo Zhongshang)  iPhone 8 nega qimmatlashuviga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu OLED-displeylarning tayyorlanish jarayoni bilan bog‘liq.

Xitoyning MyDrivers resursiga ko‘ra, Foxconn rahbari suhbat chog‘ida Apple'ning iPhone 8 uchun romsiz OLED-displeydan foydalanishini, bu displeyning yuqori qismida old kamera va qiyofani taniydigan skaner uchun o‘yiq qoldirish zarurligini aytgan. Aynan mana shu o‘yiqni qoldirish uchun OLED-panelni nihoyatda katta mahorat bilan qayta ishlashga to‘g‘ri keladi. Bu esa ekran ishlab chiqarish jarayonini yanada murakkablashtiradi.


Jongshengning so‘zlariga qaraganda, ekranni kerakli shaklda kesish chog‘ida 40% OLED-panellarda defekt hosil bo‘ladi. Shu sababli, Apple xarajatlari oshib ketadi va har bir dona iPhone 8 kamida $1000 dollarga tushadi.

Yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, Jongshengning MyDrivers nashriga bergan intervyusi qisqa muddatdan so‘ng saytdan olib qo‘yiladi. Bu yerda Foxconn yoki Apple'ning qo‘li borligi aniq.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!