iPhone 9’ning videosi chiqdi: iPhone 8 va iPhone X chatishmasi!

  •   DiMaX
  •  1924
  •  02.06.2018 10:26

iPhone 9’ning videosi chiqdi: iPhone 8 va iPhone X chatishmasi!

Apple korporatsiyasining to‘qqizinchi ayfoni haqida internetda turli ma’lumotlar tarqalgan. Kuni kecha taniqli insayder OnLeaks uning videosini ham e’lon qildi.

O‘QING: iPhone 9 ixchamroq, qulayroq va arzonroq bo‘ladi!

To‘g‘rirog‘i, bu lavhada iPhone 9 modelidagi smartfon «jonli» tarzda ko‘rsatilmagan, balki uning kompyuterda yaratilgan uch o‘lchamli modeli aks ettirilgan. Lekin, OnLeaks fikricha, kupertinoliklarning to‘qqizinchi avlod smartfoni aynan shu ko‘rinishda bo‘ladi.

Garchi qanday nomlanishi hozircha aniq bo‘lmasa-da, kuzatuvchilar uni iPhone 9 modeli deb atashmoqda. Mazkur ayfon diagonali 6,1 dyuymlik IPS-displeyga ega bo‘ladi. Tashqi ko‘rinishidan u iPhone 8 va iPhone X modellarining chatishmasiga o‘xshab ketadi.

O‘QING: iPhone 9’ning ilk suratlari va videosi: skaner ekranning o‘zida!

Mana, birga tomosha qilamiz:

Ko‘plab «sizib chiqqan» ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu model 3D Touch tizimidan mahrum bo‘ladi. Uning romi po‘lat emas, balki alyuminiydan ishlanishi ham aytilmoqda.

Hozirda esa kupertinolik texnogigantning boshqa modellardagi ayfonlarini O‘zbekistonda ham xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Toshkentda iPhone narxlari (2018 yil 19 may)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!