iPhone egalari hayotini soddalashtirish uchun 3D Touch’ning 5 imkoniyati

  •   DiMaX
  •  2260
  •  26.04.2017 12:49

iPhone egalari hayotini soddalashtirish uchun 3D Touch’ning 5 imkoniyati

Agar siz iPhone 6s yoki undan keyingi avlod (iPhone SE’dan tashqari) Apple smartfonlarini ishlatayotgan, ammo shu paytgacha 3D Touch’dan foydalanmagan bo‘lsangiz, hozir shuning ayni vaqti.

Uning shunday imkoniyatlari borki, ular yordamida siz smartfoningizdan yanada qulayroq foydalana boshlaysiz.

  1. Ilovalar aro bir-biriga o‘tish

iPhone egalari ochiq turgan ilovalarning biridan ikkinchisiga o‘tish uchun «Uyga» («Home») tugmachasini ikki marta bosishga o‘rganib qolishgan. 3D Touch esa bu amal uchun tugmachani ikki marta bosishdan ko‘ra tezkorroq va qulayroq bajariladigan svayplar tizimini taklif etadi.

Ekranning chap chekkasiga kuch bilan bosing va svayp qiling. Ko‘z oldingizda faol ilovani tanlash hududi ochiladi.

Eng oxirgi ishlatilgan ilovaga o‘tish yanayam oson. Sal qattiqroq bosib, barmog‘ingizni o‘ngga surasiz.

  1. Bildirishnomalar bilan ishlash

Tabiiyki, ko‘pchilik qatori siz ham ertalab telefonni qo‘lingizga olgach, birinchi navbatda bildirishnomalarni ko‘zdan kechirasiz. 3D Touch esa shu ishingizni ham yengillashtirib beradi.

Agarda ilova 3D Touch bilan birgalikda ishlay oladigan bo‘lsa, bildirishnomalarni bosganingizda shu dastur interfeysining kichkina versiyasi ko‘rinadi. Yoki bildirishnoma matni qalqib chiquvchi oynada aks ettiriladi.

Bildirishnomalar maydonini to‘liq tozalash uchun esa shu bildirishnomalardan birinchisi ustidagi krestchani kuchliroq bosasiz.

  1. Trekpad rejimi

iPhone’larda uzun matnlar yozish, to‘g‘rirog‘i – yozilganlarning bir qismini belgilab olish noqulay. Buning uchun barmog‘ingizni klaviaturadan uzishdan tashqari, belgilab olinadigan qism chegaralarini to‘g‘ri tanlash uchun salkam zargarlik mahorati kerak bo‘ladi. Ammo bu masalani ham 3D Touch osongina hal etib beradi.

Barmog‘ingizni klaviaturadan uzmay sal vaqt ushlab turing – klavishlar kul rang tusga kiradi. Shunda siz qo‘lingizni ulardan uzmasdan – matnning o‘ziga bormasdan turib, kursorni yuritishingiz mumkin. Kuchli bosish bevosita belgilashga olib keladi. Belgilash hududini almashtirish uchun esa, ekranga bosish kuchini pasaytirishingiz va qaytadan kuchli bosishingiz kerak.

  1. Ilovalar bilan ishlash

Ko‘pchilik ilovalar 3D Touch bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha funksiyalarni taklif etadi. Taklif etmaydiganlarida esa kuchli bosishda Share tugmachasi paydo bo‘ladi, uning yordamida dasturga havolani tezda yuborish mumkin bo‘ladi. Masalan, Trello belgichasi bilan 3D Touch qo‘llashda ilovaning vidjeti aks ettiriladi.

3D Touch bilan ochiladigan dasturlarning barcha imkoniyatlarini sanab chiqishning imkoni yo‘q – shunchaki har qanday ilovangizni ochib, ekranga kuchli bosish bilan tekshirib ko‘ring.

Apple bizga taklif etgan imkoniyatlar orasida ikki narsani ta’kidlamay ketishning iloji yo‘q: chiroqcha (fonarik)ning intensivligi sozlash hamda iPhone markaziy boshqaruv panelidagi taymerning oldindan o‘rnatuv sozlamalari.

Jild ustiga bosishda 3D Touch’ni qo‘llash orqali bosishlar sonini qisqartiradi. Bunda ochiluvchi menyu jildni qayta nomlashni yoki bildirishnoma kelgan ilovani ochishni taklif etadi.

3D Touch nafaqat iPhone bilan ishlashni tezlashtiradi, balki avval iOS’da mavjud bo‘lmagan yangi funksiyalarni ham kiritadi. Masalan, ko‘chirib olinayotgan ilova ustiga kuchli bosish nafaqat ko‘chirishni to‘xtatib turish yoki bekor qilishga, balki bir nechta dasturni bir vaqtda ko‘chirish paytida uni birinchi o‘ringa chiqarishga ham imkon beradi.

  1. Havolalar bilan ishlash

3D Touch, shuningdek, Safari ichida ishlashni ham osonlashtiradi. Giperhavola ustiga kuchli bosishda u orqali o‘tiladigan sahifaning mini-versiyasi ochiladi. Suratga nisbatan 3D Touch qo‘llashda ham xuddi shunday bo‘ladi.

Sahifaning prevyu (oldindan nazar solish) tarzida ochilishi nafaqat havolaga kuchli bosishda ro‘y beradi, balki bu imkoniyat xatcho‘plarni, tanlangan havolalarni yoki yaqinda ko‘rilgan saytlarni ham kuchli bosishda ishga tushadi.

Xo‘sh, o‘zingiz 3D Touch qo‘llashning yana qanday imkoniyatlarini topgansiz?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!