iPhone egasi g‘ayri oddiy ravishda hayotdan ko‘z yumdi

iPhone egasi g‘ayri oddiy ravishda hayotdan ko‘z yumdi

Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida 32 yoshli Richard Bull bilan sodir bo‘lgan fojia smartfon foydalanuvchilarni sergak tortishga majbur qildi. Ma’lum bo‘lishicha, marhum rozetkada quvvat olayotgan ayfon smartfonining vannaga tushib ketishi tufayli hayotdan ko‘z yumgan.

Vannada hushsiz yotgan Richardni ko‘rgan turmush o‘rtog‘i tez yordamga qo‘ng‘iroq qiladi. Jasadning ko‘kragidagi qora dog‘lar bois avvaliga uni o‘ldirishgan, deb o‘ylashadi. So‘ng vannadan ayfon topilgan hamda vaziyat oydinlashgan. Ekspertiza xulosasi ham britaniyalikning elektr toki urishi natijasida jon berganini tasdiqladi.

Richard Bull ayfonning quvvatlantirgichini tokka tiqib, smartfonni unga ulagan yoki ulashga harakat qilayotgan bo‘lgan. Telefon apparatining kutilmaganda vannaga tushib ketishi va qisqa tutashuv o‘limga sabab bo‘lgan. Bungacha shunga o‘xshash fojia moskvalik iPhone foydalanuvchisi bilan ham 2015 yilda sodir bo‘lgan.

Biz sizning xavfsizligingiz, texnika xavfsizligini yodingizga solish uchun ham bu materialni tayyorladik. Umringiz uzoq bo‘lsin.