iPhone endi qo‘lsiz boshqariladi: eBay’dan yangi ixtiro

  •   Saroy
  •  656
  •  12.09.2018 11:00

iPhone endi qo‘lsiz boshqariladi: eBay’dan yangi ixtiro

eBay internet-do‘koni dasturchilar guruhi smartfon interfeysini boshni qimirlatish bilan boshqarishning yangi texnologiyasini yaratishdi. Ushbu tizim  harakatni kuzatib borish uchun ARKit to‘plami va iPhone X’ning infraqizil kamerasidan foydalanadi.

Interfeysda virtual kursor paydo bo‘ladi, u boshni yuqoriga, pastga va tomonlarga egib boshqariladi. Bu vaqtda smartfon Face ID yordamida yuzning 3D-modelini yaratadi va boshning har bir harakatini kuzatib turadi. Hozircha bosh bilan boshqarish tizimi eBay ilovasi interfeysi misolida namoyish etildi. Qo‘lsiz bemalol e’lonlarni varaqlash, fotosuratlarni tomosha qilish va hatto xarid uchun to‘lovni amalga oshirish ham mumkin. Matnni esa ovoz bilan kiritish mumkin.

O‘QING:Haqiqiy iPhone’ning noyob nusxasi

Dasturchilar o‘zlarining ushbu loyihasini GitHub saytida e’lon qildi. Shunday ekan, istagan dasturchi ushbu kodni joriy qilishi va o‘zining barcha ilovalarini qo‘lsiz boshqarish rejimiga o‘tkazishi mumkin. Hozircha ushbu texnologiyani faqat  iPhone X uchun qo‘llash mumkin, ammo tez orada Apple’ning yangi smartfonlari chiqadi. Qolaversa, Xiaomi yaqinda Mi 8 flagmanini namoyish qildi. Unda ham 3D-kamera mavjud.

Phone X’dagi Face ID kamerasi ko‘plab imkoniyatlarni ochib beradi. Masalan, yuzingizni shaffof qilishingiz mumkin yoki smartfon ekrani bilan optik illyuziya yaratsangiz ham bo‘ladi.

O‘QING:Yirik sarmoyador O‘zbekiston IT-sanoatiga qiziqish bildirmoqda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!