iPhone, Malibu va massaj – internetda eng ommaviy qidiruvlar

iPhone, Malibu va massaj – internetda eng ommaviy qidiruvlar

O‘zbekistonda eng ommaviy bo‘lgan internet savdo maydonchasi olx.uz 2016 yilning birinchi yarmida o‘zbekistonliklar internetda qanday tovar va xizmatlar izlagani haqida statistik ma’lumotlarni e’lon qildi, deb Sputniknews-uz.com xabar bermoqda.

Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, odamlar internetda ko‘p hollarda smartfon va avtomobil izlagan. Smartfonlar orasida so‘rovlarda birinchilikda: iPhone 6, iPhone 5, Nokia va Xiaomi brendlari. Avtomobillar orasida esa — Captiva, Malibu, Spark va Lacetti modellari ko‘proq qidirilgan.

Internet orqali qidirilgan xizmatlar orasida esa, birinchi o‘rinda massaj, uy va dala hovli ijarasi hamda velosipedlar ayrboshlash xizmatlari qidirilgan.

Eslatib o‘tamiz, olx.uz bu sobiq torg.uz bo‘lib, O‘zbekistondagi eng ommaviy e’lonlar maydonchasidir. Uning xizmat bazasi 120 ming e’londan tashkil topgan va har oy qo‘shimcha 80 ming e’lon evaziga kengayib bormoqda. Olx.uz O‘zbekistonda eng ommaviy saytlar o‘ntaligiga kiradi. Saytda amalga oshiriladigan bitimlarning 95% dan ortig‘i Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududida amalga oshiriladi.