iPhone qo‘lqopdagi barmoqni sezadigan bo‘ladi

iPhone qo‘lqopdagi barmoqni sezadigan bo‘ladi

AQSh texnologik giganti Apple iPhonega yangi displey yaratish ustida ishlamoqda. Qishda iPhone yuzini “siypalash” uchun qo‘lqopni yechish shart bo‘lmaydi. To‘g‘ri, iPhone uchun turli aksessuarlar mavjud, ammo vositachisiz boshqaruv, baribir, o‘ng‘ay sanaladi.

O‘tgan yili Amerika patent byurosiga Apple “Qo‘lqopli barmoqni sezish” texnologiyasini patentlash uchun murojaat qilgan. Ko‘p o‘tmasdan “olmafon” injenerlari o‘ta sezgir displey yaratishgani ma’lum bo‘lgandi.