iPhone SE 2 smartfonini, nihoyat, «jonli» videoda ham ko‘rsatishdi!

  •   DiMaX
  •  1911
  •  27.04.2018 12:58

iPhone SE 2 smartfonini, nihoyat, «jonli» videoda ham ko‘rsatishdi!

Apple korporatsiyasi tayyorlayotgan ixcham ayfon – iPhone SE modelining ikkinchi avlodi «jonli» suratini kuni kechagina e’lon qilgan edik. Endi shu qurilma «jonli»  aks ettirilgan videolavha ham internetda tarqaldi.

Aniqrog‘i – o‘sha rasmlar aslida mana shu videodan olingan ekan.

O‘QING: Nihoyat, iPhone SE 2’ning ilk «jonli» suratlari chiqdi!

Ta’kidlash kerakki, iPhone SE 2 tasvirlangan video ham «xitoycha Twitter» sanalmish Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan. Ushbu ma’lumotni tarqatgan manbaga ko‘ra, unda iPhone SE 2’ning yakuniy prototipi aks ettirilgan.

Videorolikdagi smartfon dizayni va o‘lchamlariga ko‘ra oldingi avlod – original iPhone SE modelidan deyarli farqlanmaydi. Yagona jiddiy o‘zgarish – korpusning orqa paneli alyuminiydan emas, balki shishadan ishlanganligidir. Buning asosiy sababi – iPhone SE 2 modeliga ham simsiz quvvatlash texnologiyasi joriy etilishidir.

Xullas, videolavhani birga ko‘ramiz:

Ayni damda bu tasvirlardagi smartfon chindan ham iPhone SE 2 (2018) modeli ekani borasida qat’iy bir narsa deyish qiyin. Oldinroq «sizib chiqqan» xabarlarga ko‘ra, Apple bu yangi ayfonning orqa qopqog‘ini shishadan ishlashdan tashqari, uni 3,5 millimetrlik audiotirqishdan mahrum etishi kerak edi. Rasmda va videoda ko‘rsatilgan smartfonda esa ushbu quloqchin tirqishi saqlanib qolgan.

Agar hozirgacha tarqalgan mish-mishlar rost bo‘lib chiqsa, iPhone SE 2 modelini Apple shu yilning may yoki iyun oyida – WWDC 2018 anjumanida taqdim etishi kutilmoqda. Kupertinolik texnogigantning savdoga chiqarilgan ko‘plab modellardagi ayfonlari esa yurtimizda ham sotuvga qo‘yilgan.

O‘QING: Poytaxtimizda iPhone narxlari (2018 yil 18 aprel)