iPhone SE 2 zo‘r smartfon bo‘ladi, 3 ta "minus"ni hisobga olmaganda

iPhone SE 2 zo‘r smartfon bo‘ladi, 3 ta

2018 yilning 9 yanvar kuni Apple muxlislari uchun tarixiy kun bo‘ldi – nihoyat, iPhone SE modelining ikkinchi avlodini ishlab chiqarishi tasdiqlandi. Devays Hindistonda ish boshlagan zavodda yig‘iladi. Gadjetning "Special Edition 2" deb nomlanishi aniq emas, biroq bu hozircha muhim ham emas.

Eng qiziq tomoni smartfon quyidagi jihatlarga ega bo‘ladi: A10 protsessori, 2 Gbayt operativ xotira, 12 megapikselli bosh kamera, 4 yoki 4,2 dyuymli ekran, shisha korpus hamda simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlash texnologiyasi.

Qolaversa, narx – 32 gigabaytli versiya 400 dollarga sotilishi xabar qilinmoqda! 128 gigabaytli xotira talqini hozircha qancha turish ma’lum emas. Ammo sotuvga chiqish vaqtini taxmin qilish mumkin: bahor yoki yozda.

Shunday qilib, insayderlarga suyanadigan bo‘lsak, hozircha Apple ishlab chiqarmoqchi bo‘lgan ixcham modelga xos 3 ta salbiy jihatlarni sanab o‘tish mumkin.

Mitti ekran
iPhone SE 2 korpusi (aniqrog‘i iPhone 5'niki) romdan xoli bo‘lgani hisobiga ekran diagonali kattalashgan. Bu orqali Apple Android muxlislari bo‘lgan auditoriya didini ham zabt etmoqchi. Ya’ni, ixcham smartfonlar bozorini. Sony brendini hisobga olmaganda, bozorda ixcham android modellar qolmadi.

Ekspertlarning firikcha, iPhone SE 2 ekrani kamida 4,5-4,7 dyuymli bo‘lishi -- maqsadga muvofiq. Natijada, bu smartfon foydalanuvchisi uchun ham qulay. Aftidan, Apple rahbarlari narxni arzonlashtirib, 400 dollar evaziga imkon qadar "urib" qolingan smartfon yaratishmoqchi.

Natijada, ishbilarmon amerikalik yana 2012 yilga xos o‘lchamdagi smartfonni taqdim qilmoqchi. Aldashni nima keragi bor: to‘rt dyuymli smartfon – bu juda kichik, 4,2 dyuym ham juda zo‘r taklif emas. Misol uchun, film ko‘rganda yoki matn o‘qiganda, terganda ko‘z zo‘riqib qoladi. Bugun hayot o‘zgardi, foydalanuvchi didi ham o‘zgardi – hayot ham, xaridor ham katta ekranlarni talab qiladi.

Tushunish kerak: 4 dyuymli birinchi avlod iPhone SE qurilmalarini odamlar o‘lchami uchun emas. arzon bo‘lgani uchun xarid qilishgan. So‘nggi vaqtga kelib uning xalqaro bozordagi bahsoi 350 AQSh dollariga yetgan.

Shu bois, iPhone SE (2018)'ni iPhone 8'ning shunchaki mini-versiyasi bo‘lishi achinarli. To‘g‘ri, yangicha dizayn qiziq tuyilishi mumkin.

32 Gbayt doimiy xotira

Gap shundaki, Apple bu gal xotiradan "urib qolmoqchi".

To‘g‘ri, bugun ma’lumotlarimizni "bulutli" xotiralarda saqlashimiz va smartfonni xotira muammosidan xalos etish mumkin. Shunday bo‘lsa ham, 32 gigabaytli xotira – misoli 2 kishilik avtomobil, nimadir kam. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, 32 gigabayt – bu:

– Kerakli ilovalar bilan to‘lib qoladi;

– Sanoqli suratlar-albomi;

– Kundalik fotosuratlar uchun joy;

– Qisqa video degani.

Simsiz quvvatlash
Apple umidsiz yo‘nalishga pul sarflamoqda. iPhone 8, iPhone X yoki boshqasida ham bu texnologiya o‘zini oqlamadi. Boisi, bundan foydalanish uchun xaridor yana pul sarflashi, zarur moslamani xarid qilish kerak. Arzon smartfon xohlagan xaridorning bu funksiyadan foydalanishiga ishonish qiyin. Qolaversa, smartfon bunday dok-stansiya yordamida quvvatini 100 foizga 5-6 soatga to‘ldiradi. Bu vaqt ichida esa telefonga tegmay turish kerak bo‘ladi.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, ikkinchi avlod iPhone SE devaysi sifatli, nisbatan hamyonbop va samarador smartfon. Faqat uning narxini bir oz pasaytirish kerak. Ana shunda Apple o‘zi xohlagani kabi o‘rta narxli smartfonlar bozorida ham biror natijaga erishadi.

Ikkinchi avlod iPhone SE qurilmasi qancha turadi?
Garchi, hozircha aniq ma’lumot bo‘lmasa ham, biroq "shamol" esib turibdi. Unga ko‘ra, Apple iPhone SE (2018) 400 AQSh dollariga baholanadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!