"iPhone SE-2018"ning taqdimot sanasi ma’lum qilindi

So‘nggi yillarda Apple kompaniyasi yiliga 3 ta yirik taqdimotni o‘tkazib kelmoqda. Ulardan birida dasturiy ta’minot mahsulotlari, aniqrog‘i macOS, iOS, tvOS va watchOS operatsion tizimlari namoyish qilinsa, ikkinchi taqdimotda yangi smartfon va smart-soatlar taqdim qilinadi, shuningdek uchinchi taqdimot ham yangi devays va planshetlar bilan qiziqarli tus oladi. Bundan bir yarim yil avval, ya’ni 2016 yilning 21 martida amerikalik korporatsiya jahon e’tiboriga iPhone SE smartfonini taqdim qilgan edi. Bu o‘ziga xos va kutilmagan model bo‘lganini hozirgacha ham ko‘pchilik ta’kidlaydi.

Ixchamlik, texnik o‘ziga xoslik va nisbatan hamyonbop narx-navosi bilan u ko‘pchilikni o‘ziga tortdi. Uni Apple'ning ko‘p sotilgan ayfon modellari qatoriga qo‘shish mumkin. Shu bois, korporatsiya 2018 yilning martida ham yangicha dizayndagi iPhone SE'ni taqdim etishni reja qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone SE smartfoni o‘zining texnik xususiyatlarini iPhone 7'dan meros qilib oladi. Ya’ni, 4 yadroli Apple A11 Fusion protsessori, 2 gigabaytli tezkor xotirani ham. Shu bilan birga, ixcham "qad-qomat" hamda 4 dyuymli ekran, metall korpus va hozirgi dizayn saqlab qolinadi. Manbaga ko‘ra, 2018 yilgi iPhone SE modeli diagonali 4,7 dyuymga teng, yon tomonlari romsiz OLED-ekranga ega bo‘ladi.

O‘qingiPhone SE (2017): yilning eng munosib o‘rtahol smartfoni

Agar tarixga nazar solsak, Apple 2015 yildagi taqdimotini 9 mart kuni o‘tkazgan edi. 2016 yilda taqdimot 21 martda bo‘lib o‘tdi. Shularni inobatga olsak, iPhone SE smartfoni 2018 yil mart oyining o‘rtalarida taqdim qilinadi va oradan ko‘p o‘tmasdan sotuvga chiqariladi.

Apple odatda martda bo‘ladigan taqdimotlarini haftaning dushanba kuniga belgilaydi. Shunga ham diqqat qiladigan bo‘lsak, yangi iPhone SE modeli 8, 15 yoki 22 mart kuni jamoatchilik e’tiboriga havola qilinadi.

Agar aksariyat jahon davlatlarida 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni ekanini hisobga olsak, amerikalik korporatsiya taqdimotni bu kunga reja qilmaydi. Shu taxlit, Apple yangi ixcham flagmanini namoyish qiladigan kun deyarli ma’lum bo‘ladi -- 15 mart. Shunda smartfonning mart oyining ikkinchi yarmida sotuvga chiqish ehtimoli yanada oshadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.