iPhone SE 2022 hamda yangi Apple qurilamalarining qachon taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi

iPhone SE 2022 hamda yangi Apple qurilamalarining qachon taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi

Bloomberg agentligining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Apple 8-mart sanasida taqdimot namoyishi o‘tkazadi. 

Ushbu tadbirda kompaniya bir qancha yangi qurilmalarni, shu jumladan, iPhone SE 2022, iPad Air plansheti hamda Apple Silicon chipi bilan jihozlangan yangi Mac mini'ni taqdim etishi kutilmoqda. 

Bundan tashqari, kompaniya mart oyida iOS 15.4 proshivkasini o‘z smartfonlariga jo‘natishni boshlaydi. Yangi proshivka orqali niqob bilan ham Face ID'ni ishlatish mumkin bo‘ladi. 

Yangilangan iPhone SE hozirgi iPhone SE 2020 ko‘rinishida bo‘ladi. Yangilik sifatida unga 5G modem, yangi kamera hamda A15 Bionic chipi o‘rnatiladi. Mish-mishlarga qaraganda yangi model eskisiga nisbatan 100 dollar arzonroq narxda sotuvga chiqadi. 

Yangi 10.9 dyuymli iPad Air ham 5G modem hamda A15 Bionic chipi bilan jihozlanadi. Mac mini esa Apple M1 Pro yoki M1 Max chipiga ega bo‘ladi. 

Ayrim manbalarning xabar berishicha, ishlab chiqarishdagi kechikishlar sabab taqdimot boshqa sanaga ko‘chirilishi mumkin. 

O‘QING: iPhone SE 2022 yuqori sifatli renderlarda namoyish etildi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.