iPhone SE 2022 yuqori sifatli renderlarda namoyish etildi

iPhone SE 2022 yuqori sifatli renderlarda namoyish etildi

Ko‘plab manbalarning ta’kidlashicha, Apple bu yil iPhone SE byudjet smartfonining yangi avlodini taqdim etadi. Avvalgi avlod bilan taqqoslasak, smartfon kuchliroq chip hamda 5G tarmog‘iga ega bo‘ladi. 

Yana bir tasdiqlanmagan xabarlarga qaraganda, yangi modelning narxi avvalgisiga nisbatan 100 dollar arzonroq bo‘ladi, ya’ni qurilma 300 dollar narxda sotuvga chiqadi. 

Avvalroq smartfonning dizayni va texnik jihatlari haqida ko‘plab yangi ma’lumotlar sizdirilgan edi. LetsGoDigital insayderi ularga tayangan holda yangi iPhone SE'ning renderlarini yaratdi. 

Avvalgi manbalarda smartfon dizayni 2020 yilgi SE'dan unchalik farq qilmasligi aytilgan edi. Renderlardan ham ushbu xulosaga kelish mumkin. 

Orqa paneldagi bitta kamera, qalin romlar va Touch ID tugmasi smartfonni nisbatan eski dizaynda ekanligini ko‘rsatib turadi. Dizayn eski bo‘sa-da, uning ichki texnik jihatlari ancha yaxshilanadi. 

Qurilma A15 Bionic chipi, 4.7 dyuymli displey, 12MP kamera 4GB tezkor hamda 128GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. 

Hozircha smartfonning qachon taqdim etilishi haqida aniq ma’lumot yo‘q. Taxminlarga ko‘ra, yangi iPhone SE aprel-may oylarida taqdim etilishi mumkin. 

O‘QING: Samsung Galaxy S22 Ultra birinchi marta rasmiy tasvirlarda namoyish etildi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!