iPhone SE (2022)'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

iPhone SE (2022)'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Maxsus nashrdagi iPhone, eng arzon yoki retro iPhone - ushbu ta’rifni uchinchi avlod iPhone SE smartfoniga ishlatish mumkin. Yangi model deyarli 2020 yilda chiqqan model bilan bir xil. Birgina katta farq 5G modemiga ega bo‘lgan yangi chipset. 

Apple qayta ishlashni yaxshi ko‘radi. Kompaniya o‘zining ekologik toza ishlab chiqarish dasturidan, ya’ni smartfonlarni qayta ishlangan materiallardan ishlab chiqarishdan mamnun. 

Smartfonning tashqi dizaynidan sezish mumkinki, u ikkinchi avlod iPhone SE modeliga juda o‘xshaydi. Ushbu dizayn 2017 yilda chiqarilgan iPhone 8 modelidan olingan. 

iPhone SE (2022) 60 gertsda ishlovchi 4.7 dyuymli Retina LCD displeyi bilan jihozlangan. Bu jihatdan avvalgi modeldan farq qilmaydi. Bu degani ekranning yuqori va pastki qismi qalin ramkalar bilan o‘ralgan. Pastki qismda esa Touch ID vazifasini bajaruvchi Uy tugmasi joylashgan. 

Qurilmadagi yangilik bu chipset bo‘lib, iPhone 13 seriyasi kabi yangi iPhone SE ham Apple A15 Bionic chipida ishlaydi. Hajmidan kelib chiqib iPhone SE (2022) dunyodagi eng kuchli kichik hajmdagi smartfon bo‘lsa kerak. 

Chipset bilan bir qatorda smartfonning tezkor xotirasi 3GB dan 4GB ga oshgan. Yangi chipset 5G tarmog‘i, iOS uchun ko‘proq hisoblash quvvatini va old va orqa kameralar uchun Deep Fusion funksiyasini taqdim etadi. Afsuski, tungi suratlar uchun tungi rejim mavjud emas. 

Qurilmaning akkumulyator hajmi ham 1,821 mAs dan 2,018 mAs ga oshgan. Avvalgidek smartfon simsiz ham quvvatlana oladi. Garchi quvvatlanish tezligi yuqori bo‘lmasa-da, akkumulyator hajmi kichik bo‘lganligi uchun smartfon to‘liq quvvatlanish uchun ko‘p vaqt sarflamaydi. 

Qurilmaning qolgan texnik jihatlari 2020 yilgi model bilan bir xil, ya’ni ikkala smartfon ham 12MP asosiy kamera, 7MP selfi kamera, IP67 standarti, stereo dinamik va Apple Pay funksiyasiga ega. 

Apple iPhone SE (2022)'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 138.4x67.3x7.3mm, 144g; old panel shisha, orqa panel shisha, alyuminiy rom; IP67 standarti, Apple Pay.

> Displey: 4.70 dyuymli Retina IPS LCD, 625 nit yorqinlik (o‘rtacha), 750x1334 piksel rezolyutsiya, 16.01:9 forma faktori, 326ppi zichlik. 

> Chipset: Apple A15 Bionic (5 nm): olti yadroli (2xX.XX GHz Avalanche + 4xX.XX GHz Blizzard); Apple GPU (4-core graphics). 

> Xotira: 4/64GB, 4/128GB, 4/256GB: NVMe 

> OT/Dasturiy ta’minot: iOS 15.4. 

> Kamera: 12 MP, f/1.8 (keng), PDAF, OIS. 

> Selfi kamera: 7 MP, f/2.2. 

> Video yozuv: Asosiy kamera: 4K@24/30/60 kadr/sek, 1080p@30/60/120/240 kadr/sek, OIS, stereo ovoz yozish imkoniyati; Selfi kamera: 1080p@30/120 kadr/sek; gyro-EIS. 

> Akkumulyator: 2018 mAs; 18 vatt quvvatlash texnologiyasi, 50% - 30 daqiqada (reklamaga ko‘ra), Qi simsiz quvvatlanish imkoniyati. 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (old tomonda); NFC. 

Apple A15 Bionic hozirda eng kuchli chipsetlaridan biri, biroq uni 60 gersli kichik smartfonga o‘rnatish biroz ajablanarli holat bo‘lib tuyiladi. Bu xuddi Ferrari'ning dvigatelini Tico avtomobiliga o‘rnatishga o‘xshaydi. Ko‘rinishidan Apple smartfonga 5G tarmog‘ini qo‘shishga harakat qilgan. 

Albatta, ko‘pchilik kattaroq hajmdagi OLED displey va MagSafe quvvatlash texnologiyasini kutgan edi, ammo bunday bo‘lmadi. Kompaniya xuddi flagman iPhone'lar kabi SE modelni ham besh yillik dastur yangilanishi bilan ta’minlashga va’da beradi. 

Qadoq tarkibi 

Xuddi boshqa iPhone'larga o‘xshab SE model ham yupqa kichik qutida keladi. Uning ichidan smartfon bilan faqatgina lightning kabeli bo‘ladi holos. 

Foto: GSMArena 

Quvvatlash adapterini alohida sotib olish kerak bo‘ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, smartfon 20 vattlik quvvatlash adapterlarini qo‘llab-quvvatlay oladi. 

O‘QING: Apple rasman WWDC 2022 tadbiri qachon o‘tkazilishini ma’lum qildi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.