iPhone SE’ning foydalanuvchini so‘qirlikdan asrashi ma’lum qilindi

iPhone SE’ning foydalanuvchini so‘qirlikdan asrashi ma’lum qilindi

Ko‘pchiligimiz uyquga ketishdan avval smartfonimizga bir qur ko‘z tashlashga odatlanganmiz. The Vision Council tadqiqot markazining o‘tkazgan so‘rovlari amerikalik smartfon foydalanuvchilarining 76 foizi tungi uyqu arafasida elektron qurilmalar bo‘ylab bir bor “sayr” qilishlarini ko‘rsatmoqda.

Ammo bu yaxshi odat emas. Gap shundaki, elektron qurilmalar displeyidan taralayotgan ko‘kish nur ko‘z qorachig‘iga zarar yetkazadi. Ayniqsa, tungi mahalda!

iPhone’ning so‘nggi talqini iPhone SE’da tatbiq qilingan “Night Shift” rejimi orqali gadjet displeyi tunda avtomatik ravishda o‘z tusini o‘zgartirib, unda ko‘k nur omili keskin kamayadi va displeyda oq-sariq, tajovuzkor bo‘lmagan, yumshoq tusdagi ranglarning toni oshadi.

Apple’ning mahsulot marketingi bo‘yicha vitse prezidenti Greg Jozviakning ma’lum qilishicha, tungi rejimda qurilma soati va geomanzilni aniqlovchi sensori yordamida foydalanuvchining qayerda yurganini biladi va qurilmani shunga ko‘ra sozlaydi.

So‘nggi tadqiqotlarda ma’lum bo‘lishicha, elektron qurilmalardan ajralib chiqayotgan ko‘k nurlar inson salomatligiga zararli bo‘lib, ular inson tanasidagi biologik soatlarni ishdan chiqaradi, natijada miyaning zo‘riqishi, yaxshi uxlay olmaslik va toliqish kuzatiladi. Bu yo‘nalishdagi tadqiqot natijalari Optometry ko‘z kasalliklarini aniqlashga ixtisoslashgan tadqiqot markazida muntazam olib boriladi. Markazning ma’lum qilishicha, ko‘k nur omili yuqori bo‘lgan gadjetlar orttirilgan so‘qirlikka sabab bo‘ladi.

Ayniqsa, LED rusumidagi displeylarning salomatlik uchun zararli ekani aniqlangan. Smartfon va elektron vositalardan faol foydalanuvchi Amerikada orttirilgan so‘qirlik natijasida 10 milliondan ziyod inson jabr ko‘rgan.

Olimlar 2020 yilga kelib yorug‘lik tarqatuvchi vositalarning 90 %ini mazkur turdagi chiroqlar tashkil qilishini hisobga olib, insonlarga bunga qarshi zarur choralarni ko‘rish, xususan mobil vositalardan, yotoqxonada tungi chiroqlardan foydalanmaslikni tavsiya qilishmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!