iPhone uchun Apple Pencil stilusini yaratishadi

  •   DiMaX
  •  900
  •  14.10.2017 11:48

iPhone uchun Apple Pencil stilusini yaratishadi

Apple kompaniyasi o‘z smartfonlarini stilus bilan birgalikda ishlaydigan qilmoqchi. Bu haqda, mazkur sanoatdagi xabardor manbalarga tayangan holda The Investor nashri xabar bermoqda.

Hozirda Apple Pencil stilusi faqat iPad Pro planshetlari bilangina ishlaydi. Smartfonlar uchun uning boshqacha talqini yaratiladi, ammo stilusli iPhone hali 2019 yilga boribgina ishlab chiqariladi.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Apple hamyonboplikni ko‘zda tutgan holda, ayfonlar uchun «superkondensator» turidagi stilus taqdim etadi. Samsung’ning Galaxy Note modellarida qo‘llanuvchi S-Pen stilusida elektromagnit rezonansi texnologiyasi qo‘llanadi va uning ishlashi uchun displeyning ostida qo‘shimcha qismlar ham bo‘lishi talab etiladi. Manbalarning ta’kidlashicha, Apple rejalashtirayotgan superkondensatorli stilus ishlab chiqarish nisbatan arzonga tushadi, ammo qo‘llashda u oddiy ruchkaga o‘xshash bo‘ladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!