iPhone va iPad simsiz quvvatlagichga ega bo‘ladi

iPhone va iPad simsiz quvvatlagichga ega bo‘ladi

Bugungi foydalanuvchilar o‘z smartfonlari masofadan turib quvvat oladigan simsiz qurilma, ya’ni Qi standarti asosida ishlovchi texnologiyaga ega bo‘lishini istashadi. Boshqacharoq aytganda, elektr tarmog‘iga ulanmagan bo‘lsa-da, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quvvat oladigan bo‘lishini talab qilmoqda.

Ayni kez Apple mutaxassislari iPhone va iPad uchun ana shunday texnologiyalar ustida ish olib bormoqda. Bu haqida mashhur Bloomberg nashri xabar bermoqda. Anonim manba xabariga ko‘ra, Kupertinodagi kompaniya AQSh va Osiyolik hamkorlari bilan texnik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlar davom etmoqda. Keyingi yil yangilik bo‘lishi ham mumkin.

Hozir iPhone smartfonlari yuksak hurmat cho‘qqisida turibdi. Bordiyu mazkur texnologiya yangi smartfonlarga joriy qilinsa, “tishlangan olma”ning savdosi butun dunyo bo‘ylab yanada ortishi mumkin.

Qayd etish joizki, 2010 yilda Apple shunga o‘xshash texnologiya, ya’ni magnit rezonansi bilan bir metr masofadan quvvat uzatish texnologiyasi uchun patent olgandi. Balki Apple ana shu texnologiyani yanada takomillashtirayotgandir?! Biz esa kompaniya bu mish-mishlarga rasmiy sharh berishini kutib qolamiz.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!