iPhone X 2018 yilda Apple'ning tarixiy nom qozonishiga sababchi bo‘ladi

iPhone X 2018 yilda Apple'ning tarixiy nom qozonishiga sababchi bo‘ladi

Apple Inc. aksiyalari bu yilgi moliyaviy yilda yaxshi o‘sish ko‘rsatkichlarini qayd etmoqda. Korporatsiya juda tez vaqt ichida insoniyat tarixidagi ilk 1 trillion dollar kapitalizatsiyaga ega brendga aylanishi mumkin. Va, bu voqealar aynan so‘nggi flagman tufayli yanada tezlashmoqda.

GBH Insights kompaniyasi tahlilchisi Daniel Ivesning fikrlariga ko‘ra, iPhone X'ning yaxshi sotilishi va xizmatlar evaziga oshib borayotgan daromad tez orada Apple'ning muvaffaqiyatini ta’minlab beradi. Natijada, 2018 yildayoq u 1 trillion dollarga ega korporatsiyaga aylanadi.

Aksiyalar narxi tushib ketganida korporatsiyaning bozor bahosi 878 milliard dollarni tashkil qilgan edi. Joriy yilning noyabr oyi holatida Apple bahosi ilk marotaba 900 milliard AQSh dollariga ko‘tarilgan.

Iqtisodchilarning fikricha, Apple 2018 yilda smartfon sotish bo‘yicha avvalgi rekordni (2015 yilda 231 million dona ayfon sotgan) yangilaydi va 258 million dona iPhone sotadi. Ular orasida eng ko‘p sotiladiganlari, shubhasizki, iPhone X, iPhone 8 hamda iPhone 8 Plus bo‘ladi.

iPhone X'ning eng arzoni 999 dollar bo‘lsa ham, aksariyat foydalanuvchilar yanada qimmat -- 256 Gbayt.li talqinni ma’qul ko‘rishmoqda. Natijada, yillik sotiladigan ayfonlarning o‘rtacha bahosi yangi yilda 746 dollarga ko‘tariladi (2017 yilda 666 dollar).

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!