iPhone X kamerasi professional fotoapparat bilan taqqoslandi. Xo‘sh, natija qanday?

iPhone X kamerasi professional fotoapparat bilan taqqoslandi. Xo‘sh, natija qanday?

O‘tayotgan haftada jahon bozorlariga sotuvga chiqarilgan Apple iPhone X 2 ta 12 megapikselli sensorlari bilan kuchli bosh kameraga ega bo‘lgan. Bosh kameradagi har ikkala sensor optik barqarorlashtirish funksiyasiga ega bo‘lgan. Bu esa video tasvirga olishda qo‘l keladi. Xususan, bosh kamera sekundiga 60 ta kadr mavjud 4K video suratga oladi.

Bosh sensor f/1.8 diafragmali yorug‘lik linzasiga ega bo‘lgan. Telefoto uchun esa f/2.4 aperturali linza tanlangan. Bu esa yorug‘lik past sharoitda yorqin surat olish uchun xizmat qiladi. Ayniqsa, 4 tusli LED fotochaqnog‘i surat sifatli chiqishi uchun jonbozlik ko‘rsatadi.

O‘qingiPhone X: “inqilobiy ayfon” haqida 11 fakt!

iPhone X kamerasining imkoniyatlari Panasonic GH5 professional fotokamerasi imkoniyatlari bilan taqqoslandi. 20 megapikselli matritsaga ega bu kamera video tasvir olish maxsus ishlab chiqariladi. Smartfon bu kamera oldida o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Quyidagi suratlarda bunga o‘zingiz baho bering.

 

iPhone X qorong‘u sharoitda suratga olishda bir oz ojizlik qilgan. Smartfon bilan solishtirganda, GH5'ning matritsasi katta va yorug‘likni to‘plash imkoni unda yuqori. Shu bilan birga, suratni yaqinlashtirib olganda iPhone X detallarni aks ettirishga qiynalib qolyapti. Smartfondagi optik yaqinlashtirish hamda dasturiy ta’minot bu o‘rinda kuchsizlik qilyapti. Qolaversa, smartfonda optik barqarorlashtirish tizimi ham professional fotoapparatdan ko‘ra kuchsizroq.

Biroq, yorug‘lik yaxshi sharoitda iPhone X munosib natijalar ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, ranglar o‘rtasidagi qarama-qarshilikni aks ettirishda ayfon flagmani qobiliyatli.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.