iPhone X "merosxo‘ri"ni ishlab chiqarish arzonga tushadi

iPhone X

Apple joriy yilda ishlab chiqarishni reja qilgan va jihatlariga ko‘ra iPhone X modelining merosxo‘ri bo‘lishi kutilayotgan yangi avlod smartfonlari 10 foizga arzonlashadi. Shu bilan birga, bu ayfon bir qator yangi innovatsion funksiyalarga ham ega bo‘ladi.

Digitimes Research marketing kompaniyasi tahlilchilarining fikricha, 5.85 dyuymli hamda OLED matritsali yangi avlod iPhone qurilmasi kuzda taqdim qilinadi. 2017 yilda taqdim qilingan iPhone X tannarxi kompaniyaga $400 AQSh dollariga tushgan. Bu yilgi eng ilg‘or ayfonning donasini ishlab chiqarish uchun qilinadigan xarajatlar miqdori 40 AQSh dollariga kamayadi. Bu esa uning narxiga ham ijobiy ta’sir qilishi kerak.

Ekspertlarning fikricha, ayfon narxi uning tannarxidan kelib chiqib qo‘yilmaydi. Odatda kompaniya ilg‘or loyihalar hamda tadqiqotlar uchun sarf qilingan mablag‘ni ham tannarxga qo‘shadi. Qolaversa, kompaniya fikricha mahsulot qimmat bo‘lsa, uning nufuzi ham oshadi.

Misol uchun, 64 gigabaytli iPhone X modelini ishlab chiqarish uchun $357.50 dollar sarf qilinadi. Apple esa uni 999 AQSh dollaridan boshlab sotadi. Yoki Apple iPhone X modelining eng qimmat talqini uchun $412 dollar sarflagan ekan. iPhone X'ning eng qimmati esa 3 noyabrdan 1149 dollar dollardan sotuvga chiqariladi. Gadjetning narxi uning tannarxidan 60% ga ko‘proq.

Bu insofsizlik bo‘lsa ham, kompaniya bunday deb hisoblamaydi. "Bu siz olayotgan texnologiyalar uchun oqilona narx", - deya ta’kidlaydi kompaniya rahbari.

10-avlod iPhone smartfonidagi eng qimmat tarkibiy qism OLED-ekran ekan. Uning bahosi $80 dollarga teng. Bu yil Apple Samsung Display bilan OLED displeylarni nisbatan arzon narxda yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnoma imzolagan. Qolaversa, bu yil 130 milliontagacha OLED displey Tayvanda ishlab chiqariladi. Bu esa tannarxning arzonlashuviga xizmat qiladi.