iPhone X’ning yana bir «klon»i – Little Pepper S11 bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  1342
  •  23.11.2017 18:03

iPhone X’ning yana bir «klon»i – Little Pepper S11 bilan tanishing!

Xitoydagi Little Pepper kompaniyasi nomdor ishlab chiqaruvchilarning ilg‘or smartfonlari «klon»larini yaratishi bilan tanilgan. Kuni kecha u iPhone X flagmaniga juda o‘xshab ketadigan o‘z mahsulotini ishlab chiqdi, deb yozadi iXBT.com.

Ushbu smartfon Little Pepper S11 deb ataladi va bir qarashda uni iPhone X bilan chalkashtirish hech gapmas. Biroq yaxshiroq razm solinsa, uning farqlari tashqi ko‘rinishidanoq bilinadi.

Xitoyliklarning bu qurilmasi ekranining tomonlari o‘zaro 16:9 nisbatdagi oddiy displeydan iborat. Uning yuqorisi va pastida katta romlar mavjud, ammo displey o‘chiq turgan payti ularni payqash qiyinroq.

Ekranning tepasida, «yubiley ayfoni»dagi kabi, turli datchiklar uchun o‘yiq joy yo‘q. U yerda, yuqorida ta’kidlaganimizdek, rom mavjud va uning yuqorisi iPhone X displeyining tepa qismidagi o‘yiqqa o‘xshatib ishlangan.

Ekranning ostidagi romdan esa barmoq izi skaneriga ega «Home» tugmachasi o‘rin olgan.

Little Pepper S11 asosiy kamerasi ham xuddi Apple’ning so‘nggi superflagmanidagi kabi tik joylashgan ikkita modulga ega. Biroq u haqida ham, smartfonning texnik xususiyatlari to‘g‘risida ham ma’lumot yo‘q.

Shuningdek, qurilmaning qachon va qanday narxda sotuvga chiqarilishi ham ma’lum qilinmagan.

O‘QING: Atigi 80 dollarga Android’da ishlovchi to‘rt kamerali iPhone X chiqyapti!