iPhone X bosh raqibiga qarshi "jang" qildi

iPhone X bosh raqibiga qarshi

Apple'ning iPhone X flagmanining ekrani ustiga qoldirilgan o‘yiq haqida ko‘p ma’lumot berdik. Bu kertik joy ko‘plab smartfon ishlab chiqaruvchilarni ilhomlantirdi. Misol uchun, Huawei'ning yaqinda taqdim qilingan P20 Pro flagmani ham xuddi shunday maxsus qismga ega bo‘lgan. P20 Pro ekranining ustidagi kesiq hudud Apple'ning smartfonidagi kesiqdan bir oz kichik. Biroq ko‘zga tashlanib turibdi.

Quyida Huawei P20 Pro hamda uning bosh raqibini o‘zaro taqqoslab ko‘ramiz.

Dizayn: Ikki xil yondashuv

Huawei kompaniyasi P20 Pro flagmanini yaratishda kimdan ilhom olgan deb o‘ylaysiz? Bu gal buni aytish qiyin.

Ekspertlarning fikricha, Huawei shu flagmanigacha biror smartfonini shaxsiy g‘oyasi asosida ishlab chiqara olgani yo‘q. Biroq P20 Pro modeli iPhone X uchun chinakam duel bo‘ldi. Ham ekran usti o‘yig‘i, ekran sifatiga qaratilgan e’tibor va shishadan tayyorlangan orqa paneldan tortib, kamera modullarigacha eng yaxshi va original g‘oyaga asoslanilgan.

Istisnolar ham bor, albatta. P20 Pro'ning "to‘liq ekranli" old paneli quyidagi virtual hoshiya hamda barmoq izi skaneridan so‘ng barbod bo‘lgan. iPhone X flagmanida bularning hech biri yo‘q. Face ID tizimi yordamida yangi ayfon ortiqcha tugmalardan xalos bo‘lgan.

Shu bilan birga, zanglamas po‘latdan ishlangan jozibador sinch bilan iPhone X yanada hashamdor.

P20 Pro'ning "g‘ira-shira oqshom" tusli korpusga ega talqini chindan ham o‘ziga xos va hashamdorlikda hayratga soluvchi texnologik yechim bo‘lgan.

Apple flagmanida hoshiyaning yo‘qligi, old panelda tugmaning mavjud emasligi kompaniyaning o‘ziga bo‘lgan ishonchidan darak beradi.

Ekran: Juda yaqin

Ekran sifati borasida ham bu flagmanlar bir-biriga juda o‘xshash. iPhone X ekrani 5.8 dyuymli, ya’ni bir oz kichikroq.  Uning piksellar sig‘imi ham kattaroq - 2436x1125 ta belgi sig‘adi. Samsung ishlab chiqargan OLED panel ham Galaxy S9 modelidagi Quad HD ekran bilan bellasha oladi.

P20 Pro modelining 6.1 dyuymli OLED paneli esa 1080p sig‘imli. Uning bo‘yi ham raqibidan bir oz novcharoq. Ekran sifati juda yuqori va ranglar yorqin ifodalanadi.

Foydalanuvchi nuqtai nazaridan oladigan bo‘lsak, iPhone X va P20 Pro ekranining tasvir namoyishidagi farq u qadar yuqori emas. Biroq, iPhone X modelining har dyuymida 458 ta piksel,  P20 Pro modelining har dyuymida 408 ta piksel borligini hisobga olsak, amerikalik smartfon bu borada ham g‘olib keladi. Yaxshilab qaralsa, iPhone X namoyish qilayotgan tasvir bir oz ravshan.

O‘qing: Xiaomi rasman Mi 6X suratini, ma’lumotlarni e’lon qildi

Kamera: Xitoylik bir oz oldinda

Apple'ning iPhone X flagmani yaxshi surat olish bo‘yicha 97 ball to‘plagan. Uning 12 megapikselli (f/1.8) + 12 megpikselli (f/2.4) sensorlardan iborat bosh kamerasi 2 karralik optik yaqinlashtirish, optik barqarorlashtirish, lazerli avtofokus, fazali avtofokus ham 4 tusli LED fotochaqnoq bilan ta’minlangan.

Huawei P20 Pro esa 109 ball bilan ro‘yxatda mutloq peshqadam bo‘ldi! DxOMark ekspertalriga ko‘ra, P20 Pro kamerasining sifati uning "uch ko‘zli" bosh kamerasi bilan bog‘liq.

P20 Pro bosh kamerasi 3 ta moduldan iborat:

8 Mp sig‘imli sensor telefoto vazifasini bajaradi;

20 Mp sig‘imli modul esa oq-qora suratlar oladi;

40 Mp sig‘imli kamera esa 5 karralik yaqinlashtirish funksiyasiga ega, rangli va kattalashgan fokusdagi suratlar olishga mo‘ljallangan.

4D fokuslash, "sun’iy aql", 4K video, sekundiga 960 ta kadrli sekinlashtirilgan video olishi, qo‘sh tusli LED fotochaqnog‘i bilan bu kamerafon o‘ziga xos.

Biroq, iPhone X old panelidagi TrueDepth kamerasi bilan jahonda eng kuchli selfi oluvchi smartfon hisoblanadi. Huawei'ning 24 megapikselli kamerasi ham chakki emas.

Kamera borasida Huawei P20 Pro yaqqol peshqadam.

Samaradorlik: Yer va osmon

Bu gal iPhone X yaqqol lider. Ilk marotaba iPhone 8 ega bo‘lgan Apple'ning A11 Bionic chipseti foydalanish uchun sotila boshlaganidan buyon har qanday Android smartfon samaradorlik borasida uning oldida ip esha olmaydi.

Huawei'ning Kirin 970 protsessori birinchi marta Mate 10 Pro modelida o‘rnatildi. Bu chip imkoniyatlari ham foydalanuvchini mamnun qiladi. Garchi, flagman tezkor xotirasi raqibinikidan 2 barobar katta, ya’ni 6 gigabaytli bo‘lsa ham, iPhone X samaradorlikda peshqadam.

Misol uchun, Antutu benchmarkida P20 Pro 200 000 ball to‘plagan bo‘lsa, raqibining natijasi 226,000 balldan oshgan.

 

Batareya va qo‘shimcha jihatlar

iPhone X'ning tok sig‘imi 2,716 mA soat akkumulyatori Android flagmaniga qaraganda ancha "ixcham". P20 Pro 4,000 mA soat sig‘imli batareyaga ega bo‘lgan. Faol foydalanganda ham bu quvvat bilan ikkinchi kungayam yetib borsa bo‘ladi.

Biroq, Huawei smartfoni orqa paneli shishadan tayyorlangan bo‘lsa ham simsiz quvvat olish funksiyasi bilan ta’minlangan emas. Apple bu texnologiyani joriy qilgan.

Har ikkala flagman microSD bo‘lmachasi yo‘q. Huawei 128 gigabaytli, Apple 64 yoki 256 gigabaytli doimiy xotira talqinlarini taqdim qilgan.

Narx va navo. Xulosa.

Huawei P20 Pro bir qarashda iPhone X modelidan ilhom olib yaratilganday tuyilsa ham, uning ba’zi jihatlaridan Apple ham hayratda.

Shu bilan birga, Huawei P20 Pro narxi ham chakki emas — 900 yevro, ya’ni 1100 AQSh dollari! Agar nisbatan arzonrog‘i kerak bo‘lsa, ikki kamerali Huawei P20 flagmani ham bor.

iPhone X esa 999 AQSh dollaridan boshlab sotiladi. Eng qimmati esa $1,149 dollardan sotiladi.

iPhone X original va yorqin dizayni, murakkab xavfsizlik tizimi bilan o‘ziga xos. Ayniqsa, uning ekranining bir oz qayrilma yonlari hashamdorlikni oshiradi. P20 Pro esa kuchli kamerasi, uzoqqa yetadigan akkumulyatori bilan ajralib turadi.

O‘qing: Yangi iPhone'lar muhim jihatdan mahrum bo‘ladi

Tanlovni yana o‘z ixtiyoringizda qoldiramiz!