iPhone X Plus va iPhone X SE'ning yangi renderlari tarqaldi

iPhone X Plus va iPhone X SE'ning yangi renderlari tarqaldi

iPhone X muvaffaqiyatining "soyasi"da Internet tarmog‘ida uning "davomchilari" bo‘lishi kutilayotgan yangicha ko‘rinishdagi iPhone modellari to‘g‘risidagi yangiliklar ko‘payib bormoqda.

To‘g‘ri, bir kun kelib Apple taqdim qilayotgan smartfonlar to‘liq bugungi trendga moslashadi va ular romdan xoli bo‘ladilar. CURVED Labs muassasasi iPhone flagmanlari yaqin orada qanday o‘zgarishlarga yuz tutishi haqidagi qarashlarini bayon qildi. Ularning fikrlaricha, iPhone X, iPhone X Plus va iPhone XS keyingi yilda taqdim qilinadigan modellar bo‘ladi.

iPhone X 5,8 dyuymli displeyga ega bo‘lgan bo‘lsa, uning "Plus" modeliga Apple yanada kattaroq ekran o‘rnatadi. Uning 6,5 dyuymli bo‘lishi kutilmoqda. Displeyning yirik o‘lchami natijasida smartfon batareyasi ham kattalashadi.

Romsiz iPhone SE esa kelajakda iPhone XS deb nomlanadi. Uning ekrani 4,7 dyuymli bo‘ladi. Ixcham korpus va romdan xoli displey bois, smartfonning ichki imkoniyatlari chegaralangan bo‘ladi. Misol uchun, iPhone XS qo‘sh kamerali funksiya va FaceID tizimidan mahrum bo‘ladi.

O‘QING: iPhone X uslubidagi klassika: romsiz iPhone SE’ning foto va videosi chiqdi!

Bu modeldagi eng muhim o‘zgarish uning apparat platformasiga tegishli –iPhone SE’ning yangilangan talqiniga, xuddi iPhone 7’dagi singari, Apple A10 Fusion protsessori o‘rnatiladi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone SE 2 narxi 450 AQSh dollari miqdorida bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, uning original modeli 16 gigabaytlik boshlang‘ich konfiguratsiyada dastlab 400 dollarga baholangan, keyinchalik esa arzonlatilib, 350 dollarga tushirilgan.

O‘QING: iPhone SE’ni sotib olish uchun 5 ta muhim sabab

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikkinchi avlod iPhone SE smartfoni SoC Apple A10, 2 gigabayt operativ xotira, 12 megapikselli asosiy kamera va 5 megamikselli frontal kamera bilan ta’minlanadi.

Bundan tashqari, yangi iPhone SE’da dastlab iPhone 6S’da tatbiq etilgan ikkinchi avlod Touch ID barmoq izi skaneri, hozirgisidan nisbatan sig‘imliroq akkumulyator (1700 mAs), flesh-xotirasi esa 16 va 32 gigabaytli bo‘lishi aytilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!