iPhone Xc — arzon iPhone X yorqin suratlarda

iPhone Xc — arzon iPhone X yorqin suratlarda

iDrop News portali iPhone X flagmanining arzon talqini bo‘lishi kutilayotgan iPhone Xc qanday bo‘lishi mumkinligi aks etgan konsepsiya-suratlarini e’lon qildi.

Bir qarashda flagmanning arzon modelini ishlab chiqarish g‘alati tuyilishi mumkin, biroq buning bir qancha sabablari bor. Eng muhimi bu Apple uchun raqobatga dosh berishning muhim sharti.

Bugungi kunda barcha kompaniyalar hamyonbop displeyi romsiz smartfonlar ishlab chiqarishga kirishib ketdilar. Arzon smartfonlarda ham bu tendensiyaning qo‘llanilishi ularning flagman modellar dizayni bilan o‘xshashligini yo‘qqa chiqardi.

KGI marketing tadqiqotlari kompaniyasiga ko‘ra, Apple 2018 yilda 3 ta romsiz displeyli iPhone taqdim etadi. iPhone Xc shulardan biri bo‘ladi. Unga OLED paneli emas, an’anaviy LCD-ekranning o‘rnatilishi kutilmoqda.

Korpus esa polikarbonatdan ishlab chiqariladi va pishiq bo‘ladi. iPhone X korpusi esa shishadan tayyorlangan. Uni simsiz ham quvvatlash mumkin.

iDrop News jurnalistlarining fikricha, iPhone Xc 450-550 dollardan sotuvga chiqariladi. Flagman funksiyalari qatorida Apple bu smartfonini ham TrueDepth-kamera texnologiyasi bilan ta’minlaydi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.