Iplarning dinamik xarakteristikasini aniqlash qurilmasi ixtiro qilindi

Iplarning dinamik xarakteristikasini aniqlash qurilmasi ixtiro qilindi

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti olimlari iplarning dinamik xarakteristikasini aniqlash qurilmasini ixtiro qildi. Qurilma materialshunoslik, iplar va to‘qimachilik materiallarining deformatsion jarayonlarini o‘rganish va hisoblab-aniqlashga asoslangan tadqiqotlar sohasida foydalaniladi. Mazkur uskuna texnologik mashinalarda iplarning deformatsiyalanish shart-sharoitlariga mos keladigan o‘zgaruvchan dinamik yuklanish miqdorini ta’minlaydi, iplar(to‘qimachilik materiallari)ning o‘zgaruvchan tabiatini o‘lchaydi, aniqligini avtomatik tarzda oshiradi. Ushbu foydali model loyihasiga patent berildi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi Axborot xizmati.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!