Ishqibozlarga mo‘ljallangan “aqlli soat” namoyish qilindi

Ishqibozlarga mo‘ljallangan “aqlli soat” namoyish qilindi

Shveysariyaning jahonga mashhur Swatch soatsozlik kompaniyasi Touch Zero Two nomli yangi “aqlli soat”ni taqdim qildi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, qurilma ashaddiy ishqibozlarga mo‘ljallangan.

Swatch Touch Zero Two elektron qurilmasi o‘zida o‘rnatilgan «Ishqiboz» funksiyasi yordamida foydalanuvchining jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun sa’y-harakatlarini uning jismoniy faolligiga, qarsak va olqishlariga, tribunada ko‘tarilayotgan “to‘lqin”ga ko‘ra baholab, yanada faol bo‘lishga chorlaydi.

Shu taxlit bu soat foydalanuvchisi uning yordamida yonidagi boshqa jamoa muxlisiga qarshi “kurashadi” va sevimli komandasiga bo‘lgan muhabbatini shu taxlit namoyon qiladi.

Touch Zero Two’da “aqlli soat”larga xos boshqa jihatlar ham mavjud. Undagi ilovalar yordamida jismoniy faollikni nazoratga olish, yugurish, kaloriya yo‘qotish kabi jarayonni kuzatib borish, iOS va Android operatsion tizimlaridagi smartfonlarga kelgan ogohlantirishlar bilan tanishib borish mumkin.

Korpus dizayni sport uslubida yaratilgan bu soat bilan birga 30 metrgacha bo‘lgan chuqurlikka sho‘ng‘ish mumkin. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, soatni to‘la quvvatlab undan 12 oy mobaynida foydalanish mumkin ekan.

Touch Zero Two smartvochini Swatch kompaniyasining firma do‘konlaridan $139 dollardan xarid qilish mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.