Islom Karimov: Har 100 ta oilaga 234 ta mobil telefon to‘g‘ri kelmoqda

Islom Karimov: Har 100 ta oilaga 234 ta mobil telefon to‘g‘ri kelmoqda

O‘zbekistonda har 100 ta oilaga 234 ta mobil telefon to‘g‘ri kelmoqda yoki bu sohadagi o‘sish 1,6 barobarni tashkil etmoqda. Ushbu ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 15 yanvar kuni mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida yangradi.

Yurtboshimiz o‘z so‘zida aholining uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar bilan ta’minlanish darajasida ham sifat o‘zgarishlari ro‘y berganini ta’kidlab o‘tdi. E’tiborlisi, bugungi kunda ushbu tovarlarning aksariyati mamlakatimizda ishlab chiqarilmoqda.

Xususan, O‘zbekistonda har 100 oilaning 47 tasi shaxsiy kompyuterlar bilan ta’minlangani, bu davrda o‘sish 3,9 barobarni tashkil etgani aytib o‘tildi. Shuningdek, har 100 ta oiladan 31 tasi konditsionerga ega yoki bu boradagi o‘sish 1,7 barobarga teng.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.