Istalgan saytdan o‘zingiz veb-ilova yasashingiz mumkin!

  •   DiMaX
  •  2448
  •  02.06.2017 11:45

Istalgan saytdan o‘zingiz veb-ilova yasashingiz mumkin!

Ushbu imkoniyat Windows tizimida ishlovchi planshet, noutbuk yoki kompyuter sohiblari uchun qo‘l keladi.

Microsoft kompaniyasi Windows 10 operatsion tizimini mazkur platformada ishlovchi har qanday qurilma, jumladan, planshetlar va transformer-noutbuklar uchun ham qulay qilishga astoydil intilgan. Biroq yagona muammo – mazkur platforma uchun ilovalarning yetarli emasligidir. Ammo bu masalani Google Chrome brauzeri yordamida foydalanuvchilarning o‘zlari ham hal etishlari mumkin. Ya’ni, Windows operatsion tizimida ishlovchi ilovani mazkur brauzer yordamida siz o‘zingiz yasaysiz!

Buning uchun quyidagi harakatlarni amalga oshirish lozim:

1. Oddiy ilova sifatida foydalanmoqchi bo‘lganingiz servis saytini Google Chrome’da ochasiz. Masalan, Terabayt.Uz saytini.

2. Yuqori o‘ng burchakdagi asosiy menyu tugmachasini sichqoncha bilan bosib, pastga ochilgan menyudan qo‘shimcha jihozlar, ya’ni «Dopolnitelnie instrumenti» bandini tanlaysiz. Keyin esa yon tomonida ochilgan ro‘yxatdan ish stoliga qo‘shish funksiyasini anglatuvchi «Dobavit na rabochiy stol…» bandini bosasiz.

3. Ekranda paydo bo‘lgan muloqot oynasida bo‘lajak ilova uchun qulay, tushunarli va ixcham nom tanlaysiz. So‘ng alohida oynada ochishni anglatuvchi «Otkrit v otdelnom okne»ga belgicha qo‘yasiz va «Dobavit»ni bosasiz.

4. Ish stolingizda va Windows asosiy menyusida yangi ilova uchun yorliq paydo bo‘ladi. Endi uni bosganingizda, oddiy Windows-dasturlardan umuman farq qilmaydigan alohida oyna bo‘lib ochiladi. Istasangiz, uni tezkorlikda ochish uchun topshiriqlar paneliga mahkamlab qo‘yishingiz, shuningdek, bildirishnomalar aks etishini yoqib qo‘yishingiz ham mumkin.

Tabiiyki, mazkur usul YouTube, Google Maps, SoundCloud yoki  «Yandeks.Muzika»ning haqiqiy, to‘laqonli kliyenti o‘rnini bosa olmaydi. Ammo ayrim hollarda bu usul brauzerdagi ochilgan varaqa (vkladka)lar orasida muntazam tarzda undan-bunga o‘tib yurgandan ko‘ra osonroq va qulayroq bo‘ladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!