“IT-dasturchi” — O‘zbekistonda ehtiyoj eng yuqori mutaxassislik

“IT-dasturchi” — O‘zbekistonda ehtiyoj eng yuqori mutaxassislik

HR va konsalting xizmatlarini ko‘rsatuvchi DaVinci Solutions kompaniyasi O‘zbekistonda talab eng yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ayni vaqtda O‘zbekistondagi mehnat bozorida birinchi o‘rinda dasturiy ta’minot mahsuloti ishlab chiqaruvchi mutaxassislarga ehtiyoj yuqori.

Bu to‘g‘rida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil etilgan an’anaviy HR-anjumanida ma’lum qilingan. «Iste’dodlarni jalb qilish va rivojlantirish» mavzuidagi anjumanda mazkur reyting yarim yil davomida bo‘sh ish o‘rinlari e’lon qilinuvchi saytlar hamda ish beruvchi kompaniyalar o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqot natijasi ekanligi aytilgan.

Yurtimizdagi taniqli kompaniya va tashkilotlarning rahbar va yetakchi xodimlari, taniqli spikerlar, xorijiy ekspertlar ishtirok etgan tadbirda ishtirokchilarga yosh va mahoratli kadrlarni qanday qilib muayyan kompaniyaga jalb qilish usullari va tavsiyalar, tajriba hamda HR sohasidagi innovatsiyalar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, taqdimot chog‘ida hozirgi paytda O‘zbekiston mehnat bozorida talab eng yuqori bo‘lgan boshqa mutaxassisliklarni ham e’lon qilishdi. Unga ko‘ra, IT-dasturchisidan tashqari, HR direktor, marketolog, kimyo texnologi, muhandis kabi mutaxassisliklarga ehtiyoj yuqori.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.