IT kollejida akademiya ochilmoqda

IT kollejida akademiya ochilmoqda

Toshkent shahridagi informatsion texnologiyalar kasb-hunar kollejida shu hafta Samsung innovatsion servis akademiyasi ochiladi, deb xabar beradi gazeta.uz.

Akademiya Samsung Electronics kompaniyasi, O‘zbekiston Ekologik harakati va kollej hamkorligida ochilmoqda. Akademiya tashkil etilishi to‘g‘risida memorandum 6 iyun kuni imzolangan.

Loyiha xizmat ko‘rsatish bo‘yicha malakali mutaxassislarni yetishtirib berish va yoshlar bandligini ta’minlashga yo‘naltirilgan.

Ushbu kollej O‘zbekistonda birinchi bo‘lib mobil qurilmalarni ta’mirlovchi va xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislarni yetishtiradi. Kollejda 7 xil mutaxassislik yo‘nalishida 3000 talaba tahsil oladi. Endi Samsung mobil qurilmalariga hamda raqamli televizorlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha ikkita yangi kurs qo‘shildi.

Loyihadan yana bir maqsad ekologik ta’limni rivojlantirishdir.

Akademiyada, dastavval, kollejning uchinchi kurs talabalari o‘qitiladi. Akademiyani muvaffaqiyatli tugallagan kollej bitiruvchilariga Samsung sertifikatlari beriladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.