Unbound Tashkent IT-Park bilan birgalikda xalqaro IT-tanlovi uchun saralash turini o‘tkazmoqda!

Unbound Tashkent IT-Park bilan birgalikda xalqaro IT-tanlovi uchun saralash turini o‘tkazmoqda!

2019-yilning 9-avgust sanasida Toshkent shahrida “FinTech Abu Dhabi” va “TIP Summit” global IT-tanlovlarining saralash turi bo‘lib o‘tadi.

«FinTech Abu Dhabi» moliyaviy texnologiyalar sohasida startaplarni, «TIP Summit» esa «Tech For Good» sohasidagi startaplarni to‘playdi, masalan HealthTech, Energy va EnvironmentTech shular jumlasidan. Butun dunyo miqyosidagi faqat eng yaxshi startap-loyihalar ikkala tadbirga o‘tishi mumkin, tanlov finali Birlashgan Arab Amirligi poytaxti Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadi.

“Unbound” joriy yilda ushbu tur uchun mas’ul kompaniyaga aylandi.
“Unbound” – bu global innovatsion platforma bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab raqamli jamiyat orqali yangi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. “Unbound” kompaniyasining eng yirik hamkorlari – bu Facebook, Microsoft, Netflix, Huawei, Yahoo!, Mastercard, Bayer va jahonda mashhur bo‘lgan boshqa kompaniyalardir.

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park) Unbound Tashkent’ning joriy yildagi birga tashkil etuvchisi va milliy hamkoriga aylandi.

«FinTech Abu Dhabi» final bosqichida butun dunyodan 50 ta startap-jamoa, «TIP Summit»da esa 15 ta jamoa ishtirok etadi. O‘zbekiston Respublikasidan tadbirda saralash turidan o‘tgan ikkita jamoa (1- FTAD, 1- TIP) ishtirok etadi.

«FinTech Abu Dhabi» va «TIP Summit» tadbirlarida ishtirok etish uchun arizalar joriy yilning 5-avgustiga qadar qabul qilinadi.

(Arizalarni hoziroq yuborishingiz mumkin, ma’lumot uchun telefon +998 90 325 03 33)

O'QING: Dunyodagi eng mitti o‘yin noutbukini tomosha qilamiz! (+VIDEO)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.