“IT-PLANETA 2018/19” XII halqaro olimpiadasiga qatnashchilarni ruyxatdan o‘tkazish boshlandi!

“IT-PLANETA 2018/19” XII halqaro olimpiadasiga qatnashchilarni ruyxatdan o‘tkazish boshlandi!

  10 dekabrdan MDH davlatlari o‘rtasida axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi keng qamrovli olimpiada – “IT-Planeta 2018/19” axborot texnologiyalari sohasida XII Halqaro olimpiadasiga qatnashchilarini ruyxatdan o‘tkazish boshlandi.

   Qatnashishga rus tilini biladigan va 25 yoshgacha bo‘lgan talaba yoshlar taklif etiladi.

Bu yilgi bellashuv quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:

1. Dasturlash

2. Cloud computing va ma’lumotlar bazasi

3. Telekom

4. Mobil platformalar

5. Raqamli ijodiyot

6. Erkin dasturiy ta’minot va robototexnika

7. Cheklanmagan imkoniyatlar

    Har bir ishtirokchi o‘zini xohlagancha tanlovlarda sinab ko‘rishi mumkin.

Bu haqda yanada batafsilroq ma’lumotlarni IT-planeta saytidan olishingiz mumkin.

Yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan ishtirokchilar 2019 yilning iyun oyida Moskva shahrida bo‘ladigan finalga taklif etiladilar.

    Har bir boschiq – bu o‘zining kasbiy mahorati darajasini bilish, ish beruvchi korxonalar vakillari bilan aloqani o‘rnatish va homiylar va tashkilotchilardan olimpiadada qatnashganlik haqida sertifikatlar olish, diplom, qimmat baho sovrinlarni qo‘lga kiritish imkoniyatidir. AT-olimpiadasi tanlovlarining hamkorlari va tashkilotchilari sifatida 1S, Huawei, Oracle, GNU/Linukssentr, Morizo Didjital, SimbirSoft, TIM3R.ru kabi AT-bozorining halqaro lider kompaniyalari jalb etilgan. 

Tanlovlarda qatnashish uchun  IT-planeta saytida har bir tanlov qoidalarida ko‘rsatilganidek muddatlarda ruyxatdan o‘tish shart!

 
Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.