IUT da o‘tkazilgan “Dasturlash soati” aksiyasida 300 nafarga yaqin bolajonlar ishtirok etishdi

IUT da o‘tkazilgan “Dasturlash soati” aksiyasida 300 nafarga yaqin bolajonlar ishtirok etishdi

2018 yilning 4 sentyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)da 9 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolajonlar uchun o‘tkazilgan kuzgi “Dasturlash soati” aksiyasida 300 nafarga yaqin o‘g‘il-qizlar ishtirok etishdi, deya xabar berilmoqda universitet saytida.

Mazkur aksiya O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan o‘tkazilib, bolajonlarni dasturlash olamiga jalb etishga mo‘ljallangan edi.
Loyiha doirasidagi dasturlash kurslari “Scratch” tilida o‘tilib, “Android” mobil ilovalari asosida veb-saytlarni yaratish o‘rgatiladi.

Toshkent shahridagi Inxa universiteti axborot texnologiyalari va kommunikatsiya sohasida yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, bunday aksiyalarni muntazam o‘tkazishni rejalashtirmoqda. 
2015 yilda Toshkent shahridagi Inha universiteti 9 yoshdan oshgan o‘g‘il-qizlar uchun “Codecraft” loyihasini ishga tushirdi. Loyihaning maqsadi – bolajonlarning barcha salohiyatlarini ro‘yobga chiqarib, kompyuterda ijodiy ishlarni bajarishga o‘rgatishdir.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.